Odam o‘z qilmishini oqlash uchun bir sababdan boshqa har qanday sababni topadi, o‘z jinoyatlarini oqlash uchun bir bahonadan boshqa har qanday bahonani topadi, o‘z tinchini ta’minlash uchun bir vajdan boshqa har qanday vajni topadi-yu, faqat o‘zining QO‘RQOQligini o‘ylamaydi. Shou
Hammaga do‘st bo‘lgan odam hech kimga do‘st emas. Arastu
Qisqalik – iste’dodning singlisi. Chexov
Dunyodagi eng sergap odamlar bekorchilardir. Pavlenko
O‘zgalar sirini oshkor etish – sotqinlik, o‘z sirini oshkor etish axmoqlikdir. Valter
Haqiqiy do‘st boshga kulfat tushganda bilinadi. Ezop
O‘rganish hech qachon kech emas. Kvintilian
Hechdan ko‘ra kech. Tit Liviy
Keldim, ko‘rdim, g‘alaba qozondim. Sezar
Chehra – qalbning oynasi. Sitseron
Aflotun – do‘st, lekin haqiqat ulug‘roqdir. Arastu
Davlat – bu mening o‘zim. Lyudovig XIV
Suqrot – do‘st, lekin eng yaqin do‘st – haqiqat. Aflotun
Sen pashshadan fil yasamoqchimisan? Lukian
Insonni qidiryapman. Diogen
Donishmadlik – fanlarning eng anig‘i. Arastu
Kishi o‘zganing baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi. Gyote
Yolg‘on ham ichkilikbozlikning o‘zi. Yolg‘onchi o‘layotganda ham yolg‘on gapirib o‘ladi. Chexov
Haqiqatni yomon ko‘radigan odamlar uni dadil aytadiganlarni ham yomon ko‘radilar. Felenon
Taraqqiyot tasodif emas, zaruratdir. Spenser
Eng katta xato odam o‘zini hamma narsada benuqson deb bilishidir. Karleyl
Haqiqatdan qo‘rqmaydigan odamning yolg‘ondan qo‘rqishiga asos yo‘q. Jeferson
Xayol bilimdan muhimroq. Eynshteyn
G‘oya faktdan yuqori turadi. Balzak
Ko‘pgina buyuk haqiqatlar avvaliga masxaralangan. Shou
Vaqti kelib fan xayoldan o‘zib ketadi. Vern
Inson o‘ziga-o‘zi bo‘ysunishni va o‘z qarorlariga itoat qilishni o‘rganmog‘i lozim. Sitseron
Jangda o‘lgan emas biror bahodir, Bari halok bo‘lgan xiyonatlardan. Shavkat Rahmon
Hayotning har lahzasi go‘zal, Umrning har dami g‘animat. Anvar Obidjon
Kim agar do‘stlar ila yakdil bo‘lur,
Barcha maqsudi aning hosil bo‘lur. Farididdin Attor
Biron-bir narsani bajarolmayman deb ko‘ngilga keltirdingizmi, shu paytdan boshlab uni amalga oshirish g‘oyat mushkul bo‘lib qoladi. Benedikt Spinoza
Inson qanchalar ajoyib? Agar u chinakam inson bo‘lsa. Menandr
Harakatsizlikda baxt yo‘q. Fedor Dostoyevskiy
Odam tushunishi iloji yo‘q narsani ham tushunmog‘i kerak: aks holda u haqda bosh qotirmagan bo‘lar edi. Iogann Gyote
Yaxshi ishlarning yana bir afzalligi shundaki, u qalbni yuksaltiradi va uni yanada ezgu ishlarga moyil qiladi. Jan Jak Russo
Birovni o‘rgatishingga o‘zing o‘ganishing uchun lozim bo‘lgandan ko‘ra ham ko‘proq aql kerak. Mishel de Monten
Aqlli bo‘lish kifoya emas, muhimi uni ishlata bilishdir. Rene Dekart
Bilim — kuch. Kuch esa bilimdadir. Frensis Bekon
Masala bilimning butunligida emas, aqlning butunligida. Demokrit
Biz ham yuksaklarga tikkandik ko‘zni,
Bizda ham bor edi matonat, bardosh.
Arslon chorlagandi qoshiga bizni,
Lekin qumursqalar bo‘ldi safardosh.
Jami tiriklikka tanish shu xatar,
Qumursqa yaralgan yoppa talarga.
Do‘stim, alam qilar, arslon bexabar,
Em bo‘lib ketsak shu qumursqalarga. Abdulla Oripov
Agar ba’zi birlar seni ranjitsa,
Azob otashida o‘rtanma butkul!
O‘zing bilasanki, hammani esa
Ko‘nglini bir hilda olmoqlik mushkul.
Ba’zida joningni jabborga berib,
Asl haqiqatni so‘zlaganing dam,
Ba’zi birlar sendan butunlay ranjib
Mumkin seni nodon deyishlari ham.
Bordi-yu, yaxshini desang ham yomon,
Aminman topilur senga tarafdor.
Dunyoda bor ekan haqiqat, yolg‘on,
Hammaga teng yoqish mumkinmas zinhor.
Demak, shunday ekan, yolg‘on gap sotib,
Nopoklar ko‘ngliga bo‘lgandan ma’qul.
Do‘stim, haqiqatu rostini aytib,
Faqat, vijdoningni buyurganin qil! Shukrullo