Revmart tabletkasi — nosteroid yallig’lanishga qarshi vosita

💊Revmart tabletkasi — nosteroid yallig’lanishga qarshi vosita.

💊Chiqarilish dozasi — 7, 5 mg va 15 mg dozalarda chiqadi.

15 mg doza ☝️

💊Revmat tabletka — 7,5 mg dozada ☝️

#Revmart tabletka
# Ревмарт таблетка

💊Dori shakli : tabletka

💊Tarkibi :

Meloksikam moddasi

💊Ta’sir qilishiga ko’ra :

Nosteroid yallig’lanishga qarshi, og’riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi vosita hisoblanadi.

💊Qo’llanilishi

— Osteoartroz da
— Revmatoid artritda
— Bextereva kasalligida
— Bo’g’imlar yallig’lanishida va bo’g’imlar og’rig’i sindromida.
—Bo»g»imlarda muammo bo’lganda qabul qilinadi.

💊Qabul qilish usuli va dozasi

Preparat ovqatlanish vaqtida sutkasiga 1 ta tabletka qabul qilinadi.

💊Nojo»ya ta’siri

— Ko»ngil aynish , qusish
— Diareya , qorinda og’riq
— Meteorizm ( qorin dam bo’lishi)
— Stomatit
— Me’da ichak sistemasidan qon ketish
— Gastrit
— Terida toshma lar bo’lishi
— Teri qichishi
— Bosh og’rigi , bosh aylanishi
— Xolsizlik
— Qon bosimi oshishi.

💊Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Aorta koronar shunt amaliyotidan keyingi davrda
— Yurak yetishmovchiligida
— Rinit, bronxial astmada
— Me’da ichak yara kasalligida va me’da ichakdan qon ketganda
— Kron kasalligida
— Yo’g’on ichak yallig’lanishida
— Jigar yetishmovchiligida va jigar kasalliklarida
— Buyrak yetishmovchiligida
— Homiladorlik va emizish davrida
— 15 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas.
— Qon bosimi baland yuradigan bemorlarda mumkin emas.