Lakto -G  kapsulasi — ichak mikroflorasini normallashtiruvchi vosita.

💊Lakto -G kapsulasi — ichak mikroflorasini normallashtiruvchi vosita.

#Lakto — G
#Лакто — Г

💊Dori shakli : kapsulalar

💊Tarkibi : 👇

⭐️Faol modda : Tirik bakteriyalar : Lactobacillus acidophilus, Bifidobacterium longum, Bifidobacterium bifidum, Bifidobacterium infantis.

Fruktooligosaxaridlar, guruch maltodekstrini.

💊Ta’sir qilishiga ko’ra :

Ichak mikroflorasini boshqaruvchi va tiklovchi preparat.

💊Qo’llanilishi

— Ichak mikroflorasini muvozanatini buzilishi — disbakteriozni oldini olish va davolash.
— Antibiotiklar va ximioterapevtik vositalar bilan davolanish vaqtida bolalar va kattalarda rivojlanadigan disbakteriozda
— Diareya da ( ich ketishi).
— Meteorizmda ( qorin dam bo’lishi).
— Qabziyatda ( ich qotishi).
— Kolitlar da
— Gastroenterokolitlarda

💊Qo’llash usuli va dozasi

— 2 yoshgacha bo’lgan bolalarga 1 kapsula ni suv bilan aralashtirib ovqatdan oldin qabul qilish kerak.

— 2 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalarda sutkada 1-2 kapsula dan ovqatdan oldin qabul qilish kerak.

— Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 2 — 3 kapsuladan och qoringa yoki ovqatdan oldin qabul qilish kerak.

💊Nojo»ya ta’siri

Belgilangan dozada qabul qilganda nojo»ya ta’sir qayd etilmagan.

💊Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:

Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda .

💊ESLATMA : Homiladorlik va emizish davrida qabul qilish mumkin.

Preparat ovqat hazm qilishda ham qisman qatnashadi.

B va K vitaminlarning sintezida qatnashadi.