Hayz siklining buzilishi
Xayz siklini buzilishi – bu xayz siklining meyordan og‘ishi bilan kechuvchi xar qanday o‘zgarishi xisoblanadi. Normal xayz siklining asosiy xarakteristikasi quyidagicha: xayzlar orasidagi davr – 21-30 kun; xayz davomiyligi 3-7 kun; xayz paytida ajraladigan qon xajmi 50-150 ml; qonli ajralmalar, och kizil rangdan qung‘ir qizil ranggacha qon quyqasisiz. Normal xayz sikli minimal, qovuq soxasidagi yengil og‘riq va diskomfort xolati bilan kechadi.
Xayz siklini buzilganligi belgilari:
• Xayz siklining nomuntazamligi (xayz «kelishidagi» kunlarning xar xilligi).
• 6 oydan ortiq xayzning bo‘lmasligi.
• Navbatdagi xayzning bir necha kundan bir necha oylargacha surilishi.
• Ko‘p xayz kurish (150 ml dan ortiq), laxta-laxta (quyqali) va og‘riqli.
• Kam xayz ko‘rish, 3 kungacha surkalib kelishi.
• Kovuq soxasidagi xayzgacha va xayz paytidagi davrda og‘riqlar.
• Kayfiyatni sezilarli o‘zgarishi (predmenstrual sindrom).
Xayz siklini buzilishi formalari:
• Amenoreya – olti oygacha xayz kelmasligi;
• Gipomenoreya – xayzning 35 kunda bir martadan kam kelishi;
• Oligomenoreya – xayzning 2 kundan kam kelishi;
• Polimenoreya – xayzning 21 kundan oldin kelishi;
• Dismenoreya – xayzdan oldin va xayz vaqtida umumiy darmonsizlik belgilari (bosh og‘rishi, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, kayfiyatni buzilishi) ni paydo bo‘lishi;
• Algomenoreya – bel va qorin pasti soxasida xayzdan oldin va xayz paytida kuchli og‘riqlarni paydo bo‘lishi;
• Algodismenoreya — bel va qorin pasti soxasida xayzdan oldin va xayz paytida kuchli og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rishi va aylanishini kuzatilishi;
• Metroragiya – xayzlar orasida bachadondan nomuntazam qonli ajralmalarni kelishi;
• Menorragiya (gipermenoreya) – muntazam oraliqlarda (21-35 kun) uzoq (7 kundan ortiq) va ortiqcha ko‘p (80 ml dan ortiq) xayz ko‘rish.
XAYZ SIKLINI BUZILISHI SABABLARI.
1. Xomiladorlik;
2. Tuxumdon kasaliklari: disfunksiya, anovulyatsiya, polikistoz;
3. Buyrak usti bezi kasalliklari: Kushing sindromi;
4. Buqoq bezi kasalliklari: gipotireoz, gipertireoz;
5. Gipofiz kasalliklari: gipogonadizm, giperprolaktinemiya, akromegaliya;
6. Organik kasalliklar: endometrioz, bachadon miomasi, bachadon shilliq qavatini xaddan ziyod o‘sib ketishi, bachadon poliplari, bachadon raki, tuxumdonlar raki, tuxumdon kistalari;
7. Yallig‘lanishlar: salpingoofarit, endometrit, jigar sirrozi, gepatit, gepatoz, tonzillit, otit, meningit, ensefalit;
8. Kamqonlik va boshqa qon kasalliklari;
9. Semirish.
10. Yatrogen sabablar: gormonal preparatlar ichish yoki in’eksiyasini olish;
11. Davolash profilaktik muolajalar: spiral qo‘yish, abort va undan keyingi bachadonni tozalash;
12. Boshqa sabablar: ozish, stress, depressiya, nevroz, iqlim o‘zgarishlari, jismoniy zo‘riqishlar.
Xayz sikli buzilishlarini davolash.
Konservativ davolash:
• Xayzni buzilishiga sabab bo‘lgan asosiy kasallikni davolash.
• Xayz siklini gormonal preparatlar yordamida to‘g‘rilash: estrogen, progesteron.
• Umumiy quvvatga kirituvchi terapiya: vitamin komplekslari, diyeti.
• Jismoniy zo‘riqishni kamaytirish.
• Kamqonlikni davolash.
Xirurgik davolash
• Konservativ davolash yordam bermaganda, ko‘plab qon ketishlarda va 35 yoshdan ortgan ayollarda bachadon shilliq qavatini tozalash.
© www.gepamed.uz