Shifokorlarning hisob-kitobiga ko‘ra, har 10 bolaning 8 nafarida parazitlar aniqlanadi. Lekin gijjalarning alomatlari hammada ham namoyon bo‘lavermaydi. Ko‘pchilik bolalarda gijjalar yashirin shaklda paydo bo‘ladi.
Bolalarda me’da-ichak yo‘llari mutlaqo himoyasiz bo‘lgani uchun, uning bu sohadagi ta’sirlarga duchor bo‘lish va yuqtirish imkoniyati kattaroq bo‘ladi.
Bakteriyalarning bola organizmiga tushishi asosiy variantlari: uy hayvonlari, sifatsiz oziq-ovqatlar (go‘sht, baliq, sut, sabzavotlar va boshqalar) orqali. Shuningdek, asosiy sabab – bolaning shaxsiy gigiyenasi buzilishi.
Bu masalada bolaning va uning oilasidagi boshqa a’zolarning shaxsiy gigiyenaga rioya qilishi juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun bu sizning kun tartibingizdagi eng muhim ishlardan biri bo‘lishi lozim.
Shuningdek bolaning uy hayvonlari bilan bo‘lgan aloqasini cheklash ham juda muhim hisoblanadi va agar bunga yo‘l qo‘yilsa, unda bunga o‘xshash aloqalardan keyin gigiyena qoidalariga rioya qilish juda muhim.