Madrasalarda qaysi fanlardan qabul imtihoni o’tkazilishi e’lon qilindi
O’zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o’rta maxsus islom ta’lim muassasalarida 2020-2021 o’quv yili bo’yicha qabul imtihonlari bo’lib o’tadigan fanlar ma’lum qilindi. Bu haqda O’zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
O’rta maxsus islom ta’lim muassasalari bo’yicha:
— 1-blok “Chet tili” 30 ta savol, har bir to’g’ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball;
— 2-blok “Tarix” 30 ta savol, har bir to’g’ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball.
Qabul imtihonlari test sinovi shaklida o’tkaziladi.
Toshkent islom instituti va Mir Arab Oliy madrasasi bo’yicha:
— “Fiqh va aqoid” (test) 30 ta savol, har bir to’g’ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball;
— “Arab tili” (ijodiy imtihon) 63 ball;
— “O’zbekiston tarixi” (test) 30 ta savol, har bir to’g’ri javobga 1.1 ball beriladi, jami 33 ball.
Hadis ilmi maktabi bo’yicha:
— “Hadis va Mustalahul hadis” (ijodiy imtihon) 93 ball;
— “Arab tili” (ijodiy imtihon) 63 ball;
— “O’zbekiston tarixi” (test) 30 ta savol, har bir to’g’ri javobga 1.1 ball beriladi, jami 33 ball.