Homila jinsini aniqlashning nostandart usullari
1. Qon guruxi va rezus faktoriga qarab xomila jinsini aniqlashning usuli.
2. Ovulyatsiya kunini bilish orqali. Xar bir ayol o‘z xayz siklining ma’lum bir kunlaridagina, ya’ni ovulyatsiya — yetilgan tuxum xujayrasining tuxumdondan ajralgan kunlari xomilador bo‘lishi mumkin. Ayolning o‘z fiziologiyasini bilish nafaqat xomilador bo‘lishini tezlatish balki xisob kitoblar orqali jinsini xam belgilash imkoni bo‘ladi. Qanday qilib? Bilamizki spermatozoidlar 96 soat yashay oladi xolos. Ulardan XY xromosoma, ya’ni erkak jinsli xromosoma tutuvchi spermatozoidlar faoliyati, XX xromosoma (ayol jinsli) tashuvchi spermatozoidlarga nisbatan qisqaroq bo‘ladi. Shuning uchun UZI (follikulometriya) yoki boshqa maxsus testlar orqali ovulyatsiya kunini aniqlab, birinchi yoki ikkinchi kunlari otalanish ro‘y bersa o‘g‘il tug‘ish imkoniyati ko‘payadi. Keyingi kunlari esa qizlar uchun javob beradi.
3. Parxezlar saqlash orqali. Xomiladorlikkacha ikki oy davomida ota-onaning xar ikkisini maxsus parxez saqlashi 80 foizlik natija beradi. Ya’ni o‘g‘il tug‘ishni rejalashtirgan bo‘lsangiz ko‘proq go‘sh maxsulotlari, qo‘ziqorin, kartoshka, tropik mevalar yeyish va sut maxsulotlardan uzoqroq yurish tavsiya etiladi. Agar qiz tuqqingiz kelsa asosan sabzavotlar, sut maxsulotlari va shirinliklar yeyish tavsiya etiladi. Go‘sht va ekzotik mevalar yemaganingiz ma’qul.
4. Qonni yangilanishiga qarab. Inson qonini davriy ravishda yangilanib turadi. Ya’ni erkaklar qoni xar 4 yilda, ayollar qoni xar 3 yilda yangilanadi. Kimning qoni yoshroq bo‘lsa, bola shu jinsda bo‘ladi. Masalan: ayol 25 yoshda, erkak -33 yoshda. Xisoblab ko‘rsak 25:3 = 8,3 va 33:4 = 8,2. Erkak qoni yoshroq va xomila o‘g‘il bo‘lishi imkoniyati yuqori.
5. Xomilani yurak urishlari soniga qarab jinsini aniqlash. Tajribali ginekologlar xomilani 12-14 xaftalarga kelib yurak urishlarini eshitish orqali qarab o‘g‘il-qizligini aniqlashi mumkin. Agar yurak urishlari soni 140 tadan ko‘p bo‘lsa – qiz bola, 140 tadan kam bo‘lsa o‘g‘il bola bo‘lish imkoniyati ko‘p.
UZI siz xomila jinsini aniqlashning gayrioddiy 7 xil turi.
Amerikalik jurnalistlar tomonidan yig‘ilgan xomilani jinsini aniqlashning noodatiy, eng qiziq va «yutuqli» usullarini keltiramiz.
Kayfiyat. Agar xomilador ayol tinch, o‘ziga ishongan, drujelyubniy bo‘lsangiz – xomilangiz ko‘proq ishonch bilan «xushfe’l» qiz bola, agar iz ta’sirchan, asabiy va yaqinlaringizni oromini o‘g‘irlasangiz – bu xislatlar ko‘proq xomilangizni «jangovor» o‘g‘il bolaligidan darak beradi.
Ovqat tanlash. Ta’m bilishni buzilishi xomiladorlarda gormonal buzilishlar xisobiga kechadi. Agar Siz shirinlikka o‘ch bo‘lsangiz – qiz bolani kuting, agar sho‘r yoki o‘tkir xush ta’mli maxsulotlar istayotgan bo‘lsangiz – o‘g‘il bolaga xomiladorsiz.
Yuz terisini o‘zgarishi. Agar yuzingiz nursizlanib, pigment dog‘lar yoki xusnbuzarlar paydo bo‘lsa, bilingki qizingiz Sizning xusningizni «o‘g‘irlayapti». O‘g‘il bolalar onasini tashqi ko‘rinishini «buzmaydi»
Uyqu. Tushingizda o‘g‘il tuqqan bo‘lsangiz, ko‘proq ishonch bilan xomilangiz qiz bola bo‘ladi. Va aksincha, qiz tuqqan bo‘lsangiz –o‘g‘il bo‘ladi.
Ko‘krak bezlari. Agar chap ko‘kragingiz ungiga nisbatan kattaroq ko‘rinsa – o‘g‘ilga, va aksicha bo‘lsa qizga tortadi.
Qo‘llaringizni ko‘rsating. Biror bir xamsuxbatingizga yuzma-yuz turib qo‘llaringizni ko‘rsating. Gar kaftini pastga qaratib ko‘rsatsangiz – o‘g‘il, kaftini yuqoriga qarab ko‘rsatsangiz – kz bolaga xos.
Yosh bolalar reaksiyasi. Aga uyingizga mxmonga kelgan 2-3 yoshli bolalar, xomilador qorningiz bilan qiziqsa – qiz tug‘asiz degani. Agar xomilangiz o‘g‘il bola bo‘lsa «yumaloq» qorningizga qiziqish uyg‘onmaydi.
© https://t.me/gepamed_ultra