Donning achchig’i yaxshi,So’zning — shirini. |
Do’st orttiraman desang,Shirin suhbat qil. |
Yomon gap — bosh qozig’i,Yaxshi gap — jon ozig’i. |
Ovqatni tuz mazali qilar,Odamni — so’z. |
Iliq so’z — shakar,Sovuq so’z — zahar. |
Puling bo’lmasa, bo’lmasin,Shirin so’zing bo’lsin. |
So’zning boyligi — odamning chiroyligi. |
Shirin so’z shakardan shirin. |
Har kim o’z till bilan tirik. |
Hikmat — bir hovuch oltin. |
Bir tavakkal buzadi,Ming qayg’uning qal’asin.Bir shirin so’z bitkazar,Ming ko’ngilning yarasin. |
Ko’zdan ko’zing toysa,So’zdan ko’ngling toyar. |
Bir yaxshi gap esdan chiqmas,Bir — yomon gap. |
Birovning o’zi g’ar,Birovning so’zi g’ar. |
Bug’doy noning bo’lmasin,Bug’doy so’zing bo’lsin. |
Gapda g’iybat yomon,Dardda — quyanchiq. |
Gapdan gap chiqar,Cho’pdan — xas. |
Gapi gapga o’xshamas,Og’zi gapdan bo’shamas. |
Gap egasini topar. |
Gapning yomoni pichir. |
Gapning ozi yaxshi,Qizning — nozi. |
Gapning qisqasi yaxshi,Qisqasidan hissasi yaxshi. |
Yomon gap yer tagida uch yil yotar. |
Yomon til yo jonga urar, |
Odam — so’zlashguncha,Yilqi — kishnashguncha. |
So’z chumchuq emas,Og’izdan chiqsa, tutib bo’lmas. |
Til bor, bol keltirar,Til bor, balo keltirar. |
Gapni gap ochar,Yomon gapdan qochar. |
Yomonning tili bor,Yaxshining — dili. |
Yomonning yuzi qursin,Gapirgan so’zi qursin. |
Ko’ngilsiz gapning kechikkani yaxshi. |
Yomon so’zning qanoti bor. |
Qo’yning qimmati — yungida,Odamning qimmati — so’zida. |
Yomonning yaxshi so’zidan,Yaxshining yomon so’zi yaxshi. |
Dushman orttiraman desang,Chaqirtikan bo’l. |
Yomon so’z bo’lmasa,Yaxshi so’z bo’lmaydi. |
Yomon til boshga balo keltirar,Yaxshi til davlat, dunyo keltirar. |
Issiq kiyim tanni ilitar,Issiq so’z jonni ilitar. |
Dunyoni yel buzar,Odamni — so’z. |
Ovni — oziq bilan,Odamni — so’z bilan. |
Suydirgan ham til,Kuydirgan ham til. |
So’z kaltada,Un xaltada. |
Suyaksiz til suyak sindirar. |
|
So’z ko’rki — maqol. |
So’z ojizi bo’lguncha, |
So’z emgak bo’lar,Bo’z — ko’ylak. |
So’zda qanquv yomon,Dardda — sanchuv. |
So’zdan so’zning farqi bor,O’ttiz ikki narxi bor. |
So’zdan so’z chiqar,So’zlamasang na chiqar. |
So’zlagandan so’zlamagan yaxshiroq,So’zlab edim, boshimga tegdi tayoq. |
So’zning yomoni — sanchiq,Dardning yomoni — quyonchiq. |
So’zning onasi — quloq,Suvning onasi — buloq. |
Tayog’i yo’g’on birni urar,So’zi yo’g’on mingni urar. |
Til — dil kaliti. |
|
So’z oyoqdan ilgari borar. |
So’zi nodurustning o’zi nodurust. |
So’zni bir ezmadan so’ra,Bir — kezmadan. |
Tanballik — kulfat,Mahmadanalik — ofat. |
Taom lazzati o’zida.Odam lazzati — so’zida. |
Til yugurigi — boshga,Oyoq yugurigi — oshga. |
Til yaxshisi bor etar,Til yomoni xor etar. |
Tilingda bo’lsa boling,Kulib turar iqboling. |
El bor yerda so’z bor. |
Uzun til — umr zavoli. |
Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz. |
Tilga e’tibor — elga e’tibor. |
Tig’ jarohati bitar,Til jarohati bitmas. |
Tilni bog’la dil bilan,Dilni bog’la til bilan. |
Tuzsiz oshning epi oson,Tuzsiz gapning epi qiyin. |
Uzun til — boshga to’qmoq,Bo’yinga — sirtmoq. |
Chin so’z — mo’tabar,Yaxshi so’z — muxtasar. |
Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar,Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar. |
Toza suvni yer olar,Yaxshi so’zni el olar. |
Shirin so’z — qaymoqli ayron,Achchiq so’z — bo’yniga arqon. |
Til tig’i qilich tig’idan o’tkir. |
Fil ko’tarmaganni til ko’tarar. |
Til — dil tarjimoni. |
O’z aqling aqldir,Elning aqli naqldir. |
Yaxshi gapga quloq sol,Yomon gapga uloq sol. |
Yaxshi og’izga — osh,Yomon og’izga — tosh. |
Yaxshi so’z bo’ldiradi,Yomon so’z kuydiradi. |
Quloqdan kirgan sovuq so’zKo’ngilga borib muz bo’lar. |
Qizil tilim bo’lmasa, qishlar edim elimda.Yashil tilim bo’lmasa, yayrar edim elimda. |
O’tarchining nashtari yeng ichida,Zahar xotin nashtari til uchida. |
Qizil tilim tiyolmadim,Qizimnikiga borolmadim. |