Shifokorlar haqida sherlar

Xalqi uchun fidokor, qahramon shifokorlar.
Alloh bo‘lsin madadkor, qahramon shifokorlar.
Jonlari elga nisor, qahramon shifokorlar
Mavqtovlarga sazovor, qahramon shifokorlar,
Va’dasida barqaror, qahramon shifokorlar.

O‘limlarga tik boqqan, siz barhaq qahramonsiz
Jonini jonga suqqan, siz barhaq qahramonsiz,
Xudoga ishi yoqqan, siz barhaq qahramonsiz,
Eliga mehri oqqan, siz barhaq qahramonsiz,
Elda topgan e’tibor, qahramon shifokorlar.

Baloga yuz tutganlar joniga jon bo‘ldingiz,
Tomiriga qon bo‘lib, taniga jon bo‘ldingiz,
Madorsiz tanga go‘yo osh ila non bo‘ldingiz,
Dardini quvib tandan shonga nishon bo‘ldingiz,
Sizsiz daryoyi abror, qaxramon shifokorlar.

Shubhasiz, Parvadigor rahmatiga loyiqsiz,
Ulug‘vor xalqimizning hurmatiga loyiqsiz,
Bemor ahlining mudom izzatiga loyiqsiz,
Ilmi xikmatning asl hikmatiga loyiqsiz,
Ey sohibi iqtidor, qahramon shifokorlar.

Yurtboshimiz hamisha sizni qo‘llab turibdi,
Jangovar mehnat sari sizni yo‘llab turibdi,
O‘zbek xalqi duoni sizga mo‘llab turibdi,
Sizga kuchu qkvvatni Haqdan tilab turibdi,
Haq yo‘lda doim tayyor, qahramon shifokorlar.

Salomatlik yo‘lida salomatda bo‘lingiz,
Xalqimizning baxtiga saodatda bo‘lingiz,
Baloni eldan quvib, farog‘atda bo‘lingiz,
Maxdum deydi, Allohdan himoyatda bo‘lingiz,
Sizga bo‘lsin Xudo yor, qahramon shifokorlar.

Mahmudxon MAXDUM
(Mahmud HASANIY)

ahlisunna.uz