💊Belara tabletkasi — gormonlar faoliyatiga ijobiy ta’sir qiluvchi vosita.
#Belara tabletkasi
#Белара таблеткаси
💊Dori shakli : tabletka
💊Tarkibi : 👇
Xlormadinon atsetat va etinilestradiol moddalari.
💊Ta’sir qilishiga ko’ra :
Progestogenlar va estrogenlar. Gormonlar faoliyatini normallashtiruvchi vosita
💊Qo’llanilishi 👇
— Gormonal almashinuvlar buzilganda.
— Xayz siklini muddatidan oldin boshlanishi kabi xayz buzilishida.
— Terining ahvolini yaxshilaydi.
— Bachadonning ishlamay qolishini kamaytiradi ya’ni bachadon faoliyatini yaxshilaydi.
— Tuxumdon va sut bezlarida bo’ladigan kasalliklarni oldini oladi.
— Suyaklardagi mineral metabolizmini yaxshilaydi.
— Chanoq a’zolaridagi yalliglanish va boshqa kasalliklarga davolovchi ta’sir ko’rsatadi.
💊Qabul qilish usuli va dozasi 👇
Tabletkani xar kuni bir vaqtda ( kechqurun ma’qul ) 21 kun davomida ketma ket qabul qilinadi . Keyin tabletkani qabul qilishda 7 kun tanaffus qilinadi. Oxirgi tabletkani qabul qilgandan 2 — 4 kundan keyin xuddi xayz qon ketishidek qon ketishi paydo bo’ladi. 7 kunlik tanaffus tamom bo’lgandan keyin qon ketishi to’xtashi yoki to’xtamasligidan qat’iy nazar Belara tabletkasini keyingi qutidan qabul qilishni boshlash kerak.
Qabul qilish vaqti va dozasini shifokor bilan yana bir maslahatlashing.
💊Nojo’ya ta’siri 👇
— Shiddatli qon ketish
— Qindan ahamiyatsiz qonli ajralmalar.
— Bosh og’rig’i
— Sut bezida sohasida noqulaylik.
— Kayfiyat tushishi, asabiylik
— Bosh aylanishi , migren yoki migrenning kuchayishi
— Ko’ngil aynish ,qusish
— Qorinni pastki sohasida og’riq.
— Qon bosimi oshishi.
❌Qabul qilish mumkin bo’lmagan holatlar : 👇
— Miokard infarkt , insult kabi kasalligi bor bemorlarda
— Tromblar bilan aziyat chekkanda , ya’ni qon tomir trombi bor bemorlarda
— Operatsiyalardan kamida 4 hafta oldin qabul qilish mumkinmas .
— Qon tomirlar yetishmovchiligida
— Qandli diabetda mumkinmas
— Qon bosimi baland kishilarga qabul qilish mumkinmas.
— Gepatitda
— Qorin bo’shlig’ida qon ketishlarda
— Xavfli o’smalarda va sut bezi va bachadon o’smalarida ( rak).
— Migrenda va bosh og’riqda
— Depressiya da
— Tutqanoq kasalligida mumkinmas
— Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas.