Moxandas Karamchand Gandi hikmatlari

Barcha masalalarda har qanday odamning va’dasiga ishonsa bo‘ladi, ammo pul masalasi bundan mus­tasno.

* * *

Modomiki men jamoat xizmatiga boshim bilan sho‘ng‘ib ketgan ekanman, buning sababi mening o‘zimni anglashga bo‘lgan intilishimdan iborat edi.

* * *

Bolalar orasida bo‘lganimda o‘zimni dunyodagi eng baxtli odam deb bilaman.

* * *

Nafratsiz biron narsadan voz kechish uzoqqa bormaydi.

* * *

Bizning nafsimiz shunchalik kuchliki, uni ham ichkaridan, ham tashqaridan qat’iy qoidalarga solgan taqdirdagina tiyish mumkin.

* * *

Aql har qanday hissiylik sarchashmalarida joylashgan bo‘ladi.

* * *

Qandaydir sitam yetsa, bu bizning gunohlarimiz uchun berilgan jazo ekani haqidagi fikr meni g‘a­zabga minishdan saqlab turardi.

* * *

Hayot ipining uchi Xudoning qo‘lida ekan, nima uchun bu hayotni Unga ishonmaslik kerak.

* * *

Bolalarning ruhiy tarbiyasi ularning jismoniy va aqliy tarbiyasiga qaraganda ancha qiyin ish… Ruhni rivojlantirish – fe’l-atvorini shakllantirish demakdir.

* * *

Odam tayyorgarlikni hayotining so‘nggi pog‘onasiga tashlab qo‘yar ekan, u o‘zini o‘zi anglash darajasiga yetmaydi, balki shunday bir keksalikka yetishadiki, bu keksalik ikkinchi, ammo endi achinarli bir bolalik bilan teng bo‘lib, u atrofdagilar uchun malollik keltirishdan boshqa narsaga arzimaydi.

* * *

Agar yolg‘onchi bo‘lganimda, bolalarni to‘g‘ri gapirishga o‘rgatishdagi barcha urinishlarim zoye ketgan bo‘lardi. Men o‘zim bilan yonma-yon yashayotgan o‘g‘il va qizlar uchun har doim jonli misol bo‘lishim kerakligini tushunib yetdim.

* * *

Haqiqat yo‘lida, tabiiyki, g‘azab, xudbinlik, naf­rat kabi narsalar g‘oyib bo‘ladi. Aks holda unga erishishning iloji bo‘­l­maydi.

Ruschadan Abdulatif Abdullayev tarjimasi

ziyouz.uz