Odamning burun shakliga qarab xarakterni aniqlash 10+
1.Uzun, bir tekis burun. Yon qanoti deyarli tekis, uchi esa pastga qaragan bo‘ladi. Ko‘pincha uzun burunli insonlar, juda qiziquvchan, optimist bo‘lishadi. Ular o‘zgalarga yordam berishga doim shaylar. Shuningdek uzun burunli insonlar atrofidagilarda qiziqish uyg‘otadi. Ular haqida yana bir ma’lumot: har qanday muammoga yechim topishga ustalar.
2.Grekcha burun. Shaklan ingichka, uzun va to‘g‘ri tuzilgan. «Grek» lar har doim ham diqqat markazida bo‘lishni istamaydilar. Ular juda tejamkor va yaqinlariga sodiqdirlar. Bunday burun egalari o‘z tuyg‘ulari haqida gapirishga qiynaladilar, shuning uchun bunday insonlar odamovi ko‘rinishadi.
3.Qayrilma (ilmoqsimon) burun. Bu turdagi burunni ko‘pchilik qush tumshug‘iga o‘xshatadi. Burunning yon qanoti egilgan, uchi esa pastga qaralgan bo‘ladi. Qayrilma burun egalari yangilik yaratishga o‘ch va fidokor kishilardir. Ular o‘z prinsiplarini ehtiros bilan himoya qilishga tayyor turishadi. Maqsadlariga erishish uchun esa tavakkal qilishdan cho‘chishmaydi.
4.Arkali burun. Uning ko’rinishi qayrilma burunga juda o’xshaydi, ammo uchi qirraliroq. Bunday burun egalari zo’r tashabbuskorlar. Ular o’z ishlariga doimo xaqgo’ylik va masuliyat bilan yondashadilar va zarur cho’qqilarni doimo zabt etadilar.
5.Tugmacha burun. Juda kichkina va bejirim burun. Eng keng tarqalgan burun turi. Tugmacha burunlilar har qanday qarorni o‘zlari qabul qilishadi. Atrofdagilarga yoqishga harakat ham qilishmaydi. Ular juda kuchli fe‘l-atvorga egalar. Ularni gapdan ko‘ra qilingan ish qiziqtiradi. Deyarli har doim istaganlarini qo‘lga kiritadilar.
6.To‘g‘ri burun. Burun ko’rinishi juda to’g’ri, uchi ozroq yumaloq, teshiklari esa katta. Bunday insonlar mustahkam, qattiq va jiddiy fe‘l-atvorli shu bilan birgalikda juda ehtirosli va joshqin shaxsdirlar. Ularning jahli burun uchida turadi. Ammo tezda hovurlaridan tushishni ham bilishadi.
7.Bo‘rtiq burun. Burun yuqori qismida katta bo‘lmagan bo‘rtiq bo‘lib , bunday burun egalarini oramizda ko‘plab uchratish mumkin. Sahiy va o‘zgalar muammosini hal qilish istagi kuchli ekanligi bilan ajralib turuvchi bu toifa kishilarni xafa qilish oson.
8.Qiyshiq burun. Nomi yoqimsiz bo’lishiga qaramay mazkur burun sohiblari yumshoqfel, qalbi esa mehr-muhabbatga limmolimdir. Burun yuqori qismi qayrilgan, uchi esa yumaloqlangan bo‘ladi. Ular har bir qilayotgan ishlariga juda etiborlidirlar. Eng yaxshi suhbatdosh, do‘st va sheriklar aynan qiyshiq burunli insonlar hisoblanadi.
Internet manbalari asosida tayyorlandi
pmt.uz