Asli vatani Afrika bo‘lgan bu o‘simlik yurtimizga bir necha asrlar oldin kirib kelgan. Hozir diyorimizda aloening turfa turlari mavjud. U manzarali va shifobaxsh o‘simlik sifatida xonadonlarda o‘stiriladi.
Ushbu o‘simlikning qariyb 180 turi ma’lum. Aloe bargidan olib quritiladigan shira-sabur sifatida, konservasiya qilingan sharbati esa turli yaralarni, kuygan terini, gastrit va kolitni davolashda ishlatiladi.

Xalq tabobatida aloe bargidan va uning shirasidan turli kasalliklarni: oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yaralarni, o‘pka silini va boshqalarni davolashda foydalaniladi. Tarkibida bakteriyalarning ko‘payishining oldini oluvchi modda bor. Shuning uchun ham uning bargidan ari chaqqanda, terini pichoq yoki boshqa narsa bilan kesib olganda yiringlab ketmasligi uchun aloe bargini o‘rtasidan uzunasiga yorib, dardmand joyga qo‘yib bog‘lanadi. Arining zahrini ham ketkazadi.
Tibbiyotda qo‘llash uchun aloening yangi yig‘ilgan bargidan shira olinadi va spirt bilan konservalanadi. Shira bakterisid xususiyatiga ega bo‘lib, kuygan joyni, yuqumli va boshqa yaralarni hamda me’da va ichakning ba’zi kasalliklari (kolit, gastrit va h.k.) davolashda ishlatiladi. Aloening suvli ekstrakti immunostimullovchi xususiyatga ega bo‘lib, organizmni turli kasalliklardan himoya qiladi.
Shuningdek, biogen stimulyatorlarga boy aloe barglaridan kanakunjut yog‘i hamda ekvalipt efir moyi qo‘shib, aloe emulsiyasi tayyorlanadi. Ushbu preparatlar organizmning kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi. Shuning uchun aloe bargidan tayyorlangan stimulyatorli suyuq ekstrakt ko‘z kasalliklari (konyunktivit, ko‘z shishasimon tanachasining xiralashishi va h.k.)ni surunkali artrit, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasini ham davolashda keng qo‘llaniladi.
Aloe emulsiyasi teri kasalliklarini (quruq va ho‘l epidermit) hamda nur bilan davolash natijasida 2-, 3- darajali kuygan joylarni tuzatishda ishlatiladi.
Ginekologik xastaliklarda ham odatda aloe bargi shirasidan bachadon eroziyasi kasalligiga qarshi davolanadi. U nafaqat dorivor o‘simlik balki ishtaha ochuvchi hamdir.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Tuxum po‘chog‘i xosiyatlari
Tvorogli-yormali pishiriq
Video va audiolarni online formatini o’zgartirish (converter)
Homilani tushiruvchi tabletkalar
Bosh miya saratonini birinchi belgilari.
Android’dan Android’ga kontaktlarni o‘tkazish
Saida Saidbekova haqida, oilasi, instagram, rasmlari
Oyoqlarda tomir tortishishi
Ranitiden foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar
Grippni davolash
Baxtga intilish
Jak Iv Kusto hikmatlaridan
L harifi bilan boshlanadigan tush tabirlari
Qanday yasalgan
Evotech E50 Videoregistrator haqida, narxi
Nosiruddin at-Tusiy haqida
Taklifnomalar matni (to‘y marosimlari va exsonlar uchun — umumiy)
Issiq kunlarda yuz terisi parvarishi
Muhabbat qirralari
Shukur Xolmirzayev. Ijodkor adolatli bo‘lishi kerak!
Chimildiq Birinchi nikoh kechasi haqida sizni qiziqtirgan savollar