“Abu Saxiy“ bozori ochilganmi?
— Poytaxtdagi “Abu Saxiy“ bozori ochilgani, faoliyatiga ruxsat berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Axir hali Toshkent — xavf saqlanib qolgan hudud hisoblansa, bozorlarni ochishga ehtiyoj bormidi?
Savolga AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Botirjon Qurbonov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda javob berildi.
— Ayni vaqtda respublika maxsus komissiyasining Qarori bilan oziq-ovqat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan xizmat turlari hududning toifalanishidan qatʼiy nazar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
“Abu Saxiy“ buyum bozori faoliyatiga ruxsat berilmagan va bu kabi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.