Umuman, ko’krakni kichraytirish nima uchun kerak bo’ladi? Chunki u ayolga bir qator muammolar olib keladi:
Dumg’aza, bel va bo’yin sohasida og’riqlar padyo bo’ladi;
Nafas olish qiyinlashadi va bosh og’rig’iyuzaga keladi;
Ko’pincha sut bezlari ostida issiqlik toshadi;
Qomatni tik ushlash va mashqlar bajarish qiyinlashadi;
Teriga ichki kiyimlarning bretelkalari qadala boshlaydi.
Va bu bekalarga katta ko’kraklar olib keladigan muammolarning to’liq ro’yxati emas.
Qanday qilib uy sahroitida ko’krakni kichraytirish mumkin?
Yog’ to’qimalari sut bezlarning asosi hisoblanadi, shuning uchun tana vaznining ortishi ham, kamayishi ham ko’krak hajmiga ta’sir o’tkazadi. Har bir kilogrammga ozganingizda ko’krak ham 20 gramm yo’qotadi. Shu tarzda olingan vazn uni kattalashtiradi. Shundan kelib chiqqan holda, parhezga amal qilib, ko’krak hajmini tartibga solishi mumkin. Biroq, bu usuldan foydalanganda ehtiytkor bo’lish kerak, chunki birdan vazn yo’qotish ko’krakning osilib qolishiga, terisining qavatlanishiga olib keladi. Bunday muammoga duch kelmaslik uchun maxsus kremlar surtish va uning tarangligi va elastikligini ta’minlovchi niqoblar qo’llash kerak.
Ko’krakni kichikroq qilish uchun kompressdan foydalanish mumkin: 50 gramm ezilgan mak boshchalariga ikki stakan suv qo’shing va qaynashgacha olib boring. Keyin bu aralashmani past haroratda 15 daqiqa davomida qaynating. Tayyor bo’lgan damlamani sovuting va suzib oling. Keyin kompress sifatida sut bezlariga har kuni qo’llang.
Sut bezlarini kichraytirish uchun moylar
Ushbu retseptda ko’krakni kichkina, tarang va jozibali qilish keltiriladi. Buning uchun kosmetik moy tayyorlash kerak, quyidagi masalliqlar kerak bo’ladi:
25 ml jojoba moyi;
5 ml uzum donaklari moyi;
2 tomchi atirgul efir moyi;
4 tomchi limetta efir moyi.
Ushbu moylar aralashmasini ko’krakka surtib, bir oydan keyin siz ko’krak kichrayganini, ammo u o’z elastik va tarangligini yo’qotmaganligiga amin bo’lasiz.
Endi har bir moyning teriga ta’sirini batafsil ko’rib chiqamiz.
Jojoba moyi teriga yaxshi shimiladi va striyalarga qarshi kurashadi va terini namlantiradi, tiklaydi va tarangligini oshiradi.
Uzum donagi moyi ayol ko’kragiga tonus bag’ishlaydi, namlantiradi va teri tarangligini oshiradi.
Atirgul moyi terini tekislaydi va elastikligini oshiradi.
Limett moyi terini silliqlaydi va konturlarga elastiklik bag’ishlaydi.
Ko’krakni kichikroq qilish uchun mashqlar
Sport ortiqcha vaznga qarshi kurashda an’anaviy hisoblanadi. Tabiiyki, ko’krakni kichraytirishning bu usuli umumiy ozishbilan bog’liq. Bir necha kilogramm yo’qotish uchun siz haftasiga kamida uch marta yugurishingiz kerak. Shu bilan birga, kamida 4-7 km. Ko’krakdan yog’ni bartaraf qilish uchun mushaklarni kuchaytirishga qaratilgan kundalik mashqlar ham yordam beradi. Bu suzish va ba’zi bir fitness turlari. Quyida ko’krak mushaklarini sezilarli darajada kuchaytirishga yordam beradigan bir necha mashqlar keltirib o’tilgan.
1)Bunda chalqancha yotish va qo’llarga gantel olish kerak, keyin qo’llarni ikki tomonga tushirib-ko’tarish kerak, huddiki kapalak qanotlari kabi. Jismoniy mashqlarni 3 yondashuv bilan 50 martadan takrorlash kerak.
2)Keyingi mashqni bajarish uchun ekspander oling va uni turli yo’nalishlarda cho’zing. Yondashuv va takrorlash, oldingi mashqdagi bo’lgani kabi, 3 yondashuv bilan 50 martadan.
3)Chalqancha yotib, qo’lingizni tana uzunligi bo’ylab qo’ying va gantel oling. Qo’lingizni gantel bilan birga ko’tarib, pastga tushiring. Jismoniy mashqlar uch yondashuv bilan 50 marta amalga oshiriladi.
4)Yerdan otjimanie qiling. Faqat mashqlar paytida qorin osilib qolmasligi va bel tekis tutilishini nazorat qiling.
Bu mashqlar sut bezlarida yog’ni kamaytirishga va mushaklar kuchaytirishga yordam beradi. Muntazam mashqlardan keyin paydo bo’lgan yangi mushak massasi yog’ qatlamidan ancha ingichka bo’ladi.
Ko’krakni kichikroq qilib ko’rsatish uchun tavsiyalar
Agar siz ko’krakni kichraytirish uchun jiddiy zo’riqishni xohlamasangiz, ko’krakni to’g’ri tanlangan kiyim yordamida vizual tarzda kichkinaroq qilib ko’rsatish mumkin.
Belga urg’u bering
Katta ko’krakli ayollarga shaklsiz va juda katta kiyimlar kiyish tavsiya etilmaydi. Chunki bunday kiyimlar ko’krak va son o’rtasida to’g’ri chiziq hosil qiladi. Kengish kiyim sotib olayotganda, albatta unga qo’shimcha ravishda bel uchun tasma ham tanlang. Yaxshisi qomatga mos kiyimlarni tanlash kerak. Shuningdek korsetga o’xshagan keng kamarlarni ham ko’ring, ular «qum soat» taassurotini yaratadi.
To’q rangli kiyimlar
Bunday rangdagi kiyim-kechak har qanday insonni qomatini ozg’inroq ko’rsatadi. Katta ko’krak va keng yelkalarini kichikroq ko’rsatish uchun qora kiyimlarga afzallik bering. Kiyimga qo’shimcha hajm qo’shadigan dekorativ elementlarni rad eting. Salobatli byust egalari atlasli kiyimlarga qiziqishmagani ma’qul, bunday matodagi yorqin ranglar o’yini diqqatni tortadi. Eng maqbuli to’q rangdagi, hech qanday chizmalarsiz kiyimdir.
V shaklidagi kesma
V-simon kesmali kiyimlar ko’krakni vizual tarzda kichik ko’rsatish imkonini beradi. Ular turli jemper, ko’ylak va sviterlar bo’lishi mumkin. Bunday kiyimlar siluetni cho’ziq va uzun ko’rsatadi. Katta ko’krakli ayollarda kardiganlar va tugmalari bo’lgan ko’ylaklar juda yaxshi ko’rinadi, chunki ular V-simon kesmalidir. Bunda belga tasma yordamida urg’u berishni unutmang. Kesma kvadrat yoki aylana bo’lishi ham mumkin. Eng muhimi — e’tiborni tortmaslik uchun juda kesma chuqur bo’lmasligi kerak. «Xomut» yoqali futbolka va sviterlardan ham voz keching. Shuningdek, kapyushonli maykalar ham tavsiya etilmaydi.