iPhone ni tezroq zaryad qilish sirlari

Ko`pchilik Apple smartfon foydalanuvchilari o`z moslamasining zaryad qilinish vaqtini tezlashtirishni xohlashadi.

Olmali gadjetning zaryad olishini tezlatish uchun bir necha oddiy usullar mavjud va bular hech kanday qiyin harakatlarni talab qilmaydi.

1. iPhone ni “Aviarejim”ga o`tkazing. Shunday holatda smartfon quvvatni xabarlar, ogohlantirishlar va tarmoqni qidiruvga sarflamaydi. Shundazaryad tezroq amalga oshadi.

 

2. G`ilofni eching. iPhone akkumulyatori yuqori haroratda o`zini yaxshi his qilmaydi. Zaryad echilmagan g`ilof bilan birga bo`lsa, harorat ko`tarilishi mumkin. Apple ning rasmiy saytida aytib o`tilganki: “olmali” smartfonlarni yuqori va past haroratlardan saqlash kerak va albatta g`ilofni echib turish kerak.

 

3. iPad ning zaryad moslamasini ishlating. iPhone zaryad moslamasining quvvati – 5 Vt, iPad uchun esa – 12 Vt. Natijada planshet uchun zaryad moslama iPhone ni 40% ga tezroq zaryad qiladi. Buning hech qanday fokus joyi yo`q, shunchaki fizika.

 

4. iPhone ga tegmang. Zaryad vaqtida smartfoningizni tinch qo`ying. Ekran yoqilgan vaqtda quvvat ketadi, shuning uchun smartfonni zaryad qilish ko`proq vaqt olishi mumkin.

Manba: ilenta.com