Agar sizning texnikangiz tez-tez past harorat ta`siriga tushsa, nima qilish kerak? Quchli sovuq yozgi jaziramadan ko`ra uyali telefonlarga katta havfni olib kelishi mumkin. Quyidagi bir nechta maslaxatlar orqali qanday qilib moslamalarni saqlash yo`lini bilib olishingiz mumkin:
1. G`ilofda saqlash. Noutbuklarni, uyali telefonlarni va planshetlarni g`ilofda saqlang, bu ekranlarni, batareyalarni va disk xotirasini sovuqlikdan saqlashga yordam beradi.
2. Elektr ta`minotini o`chirish. To`liq elektr ta`minotini uzib qo`yish, bu ma`lumotlarni saqlashga yordam beradi.
3. Qizdirish. Agar moslama uzoq vaqt davomida sovuqda turgan bo`lsa, uni yoqishdan oldin xona haroratiga qizishi va moslashishi uchun vaqt bering.
4. “Tanaga yaqinroq”. Displey sovuqdan qiynalmasligi uchun smartfoni tanaga yaqin ushlash yaxshiroq bo`ladi yoqi maxsus issitadigan himoya aksessuarni sotib oling.
5. Qo`shimcha to`plagich. Sovuqdan uyali telefonlarning to`plagichi juda qiynaladi. Yana bitta batareyani sotib olib, uni ofisda yoki uyda ishlatishingiz mumkin.
6. Garnitura bilan foydalanish. Zaruratsiz moslamani sovuqga olib chiqish kerak emas, qo`ng`iroqlarni garnitura yordamida qabul qilinishi yaxshiroq bo`ladi.
7. Haroratni idora qilish. Ko`pgina qimmatbaho telefonlarning ekrani yomon ishlashi -5 °S dan -10 °S gacha boshlanadi. -20°S darajada to`rgan telefon umuman ishlamasligi mumkin.