Qizlarga: O’z yigitingizdan so’rash kerak bo’lgan savollar (2 qism)
- Siz nimada o’zingizga qattiq turasiz? Shu orqali yigitingiz qanday standardlarga ega ekanligini bilib olishingiz mumkin. Chunki agarda u o’ziga biron bir standardlar qo’ysa, demak boshqalardan ham shu standardlarni bajarishini kutadi. Shuningdek, agarda u o’ziga ko’pgina narsalarda nazorat qila olsa, demak u muvaffaqiyat tomon yo’nalgan. Agarda u o’zidagi ko’pgina narsalarga e’tibor bermasa, demak u o’zini unchalik o’zgartirishga harakat qilmaydi.
- Sizning qanday odatingiz boshqa insonlarni g’azablantiradi? Xa, g’azablantiradigan odatlar. Agarda siz birga bo’lsangiz, bu kabi odatlar oddiydan kuchli g’azablantiradigan odatlarga aylanib ketishi hech gap emas. Bizning hammamizda shunday odatlar mavjud va bu haqida siz ham bo’lishishga ochiq bo’ling.
- Insonlar siz haqingizda nimalar diyishadi? Nimalarda sizni maqtashadi yoki nimalarda sizni pas tutishadi? Shu orqali siz yigitingiz dunyoga va o’ziga qanday qarashi haqida bilib olasiz.
- Siz qanchalik tez-tez tushkunlikka tushib qolasiz? Shu savol orqali u nimalarda tez-tez stresga tushishi haqida bilib olasiz.
- Siz nimani qilishingiz kerak, lekin uni hech qachon qilmagansiz? Bu g’alati savol bo’lishi mumkin va turli hil javob berilishi ham mumkin. Bu savol suhbat qizishini ta’minlaydi, balkim bunaqa savolni hech kimga unga bermagandir. Nima javob bo’lishidan qat’iy nazar, suhbat qiziqarli o’tishi mumkin.
Qizlarga: O’z yigitingizdan so’rash kerak bo’lgan savollar (3 qism)