Bolalarni jazolash kerakmi?
Dunyoda bolalar soni nechta bo`lsa, ularning ota onalari jazolash mavzusiga turlicha yondoshishadi. Ba`zilari jazolashni shafqatsizlik, deb hisoblasa, ba`zilari buni shart deb bilishadi. Agar siz ham jazolash kerak deb hisoblasangiz, unda bolangizga munosib jazo berishni bilishingiz kerak.
Bolangizga munosib jazo berish oson ish emas. Nega deysizmi? Jazo, birinchidan, bolaning qilmishiga loyiq bo`lishi kerak. Sababi bola hukm odil va asosli bo`lsagina uni qabul qila oladi. Sizning chegaradan chiqib ketgan, qo`pol muomalangizni ular adolatsizlik deb biladi. Ëmon ish qilganida yumshoqlik qilganingizni ham sezadi. Ota-onasining o`ziga, xususan, opa-singillari va aka-ukalariga qilgan munosabatlarini muntazam kuzatib boradi, o`zicha ularni taqqoslab ko`radi.
Ota-onaning bolalar ustidan haqqoniy talablar qo`yishining sababi ham xuddi mana shu erda. Ular haqqoniy talab qo`yish bilan birgalikda mehr-muhabbat berishni va intizomga o`rgatishni teng olib borish shart. Qo`yilayotgan talablar o`zgartirilmasligi mumkin, lekin jazo usullarini o`zgartirib turish kerak.
Ota-onalar ham ba`zan adashishadi. Agar siz jazolash haqidagi qarorni o`zgartirish mumkin emas, deb o`ylasangiz katta xato qilgan bo`lasiz. Ota-ona vaziyatga qarab turib jazoning darajasini kuchaytirishi yoki kamaytirishi mumkin. Bu erda tan jazosini qo`llagandan keyin uni o`zgartirib bo`lmasligini ham hisobga olib qo`yishingiz lozim. Ota-ona jazo ijro etilgandan so`ng o`z hatti-harakatlarini unga muvofiq ravishda olib bormasa, qabul qilingan qaror yaxshi samara bermaydi, bolani chalg`itadi.
Masalan, ayb ish qilgan bolani bir soat yotoqxonasidan chiqmaslikka qaror qilib, aybini engillashtiruvchi dalil topilishi bilanoq uni xonadan chiqarib yuborishdan oldin buni o`ylab ko`rish kerak. Agar rostdan ham ortiqcha jazolangan bo`lsa, bolaga tushuntirib, jazoni engillatishga va undan kechirim so`rab qo`yishga to`g`ri keladi.
Ota-ona kerak bo`lganda jazo usulini engillatishi va o`z bolasidan kechirim so`rashga doimo tayyor turishi darkor. Har bir oilada bu kabi voqealar bo`lib turadi.
Intizomga o`rgatish borasida, ayniqsa bola yosh bo`lgan davrlarda jazo usullarini o`zgartirish va talablarda mahkam turish, bu – ikkita narsa sanaladi. Ikkalasi ham o`ta muhim ahamiyatga ega. O`z fikringizda sobit turishingiz qo`yilgan talabdan kutilayotgan natijaga hamda farzandning talablaringizga nisbatan bo`lgan munosabatlariga ko`p tomonlama bog`liq.
Talablarimiz o`rinsiz bo`lgan hollarda bizni adashgan deb hisoblash mumkin. Masalan ikki yoshli go`dakdan hamma aytilganlarni so`zsiz bajarishni talab qilish. Odatda, ikki yoshli bolalar ota-onaning talablariga nisbatan ko`proq teskari ish tutadilar va unga quloq tutmaydilar. Buni tabiiy deb tushunish kerak va ortiqcha talab qo`yib, ikki yoshli bolani jazolamaslik lozim.
Bunday yoshda bolaning ota-onasi agar o`z bolasini sevsalar, unga nisbatan qat`iy turib, qaerda talabni bajarish lozim va qaerda farzandni kechirish mumkinligi chegaralarini belgilab olishlari zarur. Bunday bolaning ota-onasi uni bir vaziyatdan ikkinchi vaziyatga olib o`tib xulqini boshqaradi. Ikki yoshli bolalarda uchraydiga gapga quloq solmaslik holati odatiy me`yor sanaladi. Keling azizlar, mana shu xikoya ustida fikr yuritib mulohazalarimizni bildiraylik.