Bu yil ham o‘tgan yilgi kabi yetakchilikni Avstriya poytaxti Vena egalladi.
Economist Intelligence Unit o‘tkazgan xalqaro yillik tadqiqotiga ko‘ra yashash uchun eng qulay shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi.
140 ta shahar transport, xavfsizlik, ekologiya, ta’lim va ish sharoitlari kabi ko’rsatkichlar bo‘yicha baholandi.
Bu yil ham o’tgan yilgi kabi yetakchilikni Avstriya poytaxti Vena egalladi.
Avstriya Yevropa davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib ushbu tadqiqot reytingida yuqori natijani ko‘rsatdi. Reyting jadvalidan jinoyatchilikning oldini olish, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalarida erishgan yutuqlari hamda ijtimoiy, siyosiy barqarorlik darajasiga ko‘ra o‘rin egalladi.
Ikkinchi va uchinchi o’rinni Avstraliyaning Melburn va Sidney shaharlari egalladi.
To‘rtinchi o‘rinda Osako (Yaponiya), keyingi o’rinlarda Kalgari va Vankuver (Kanada) joylashdi.
Shuningdek, birinchi o‘ntalikka Toronto (Kanada), Tokio (Yaponiya), Kopengagen (Daniya), hamda Adelaida (Avstraliya) kirdi.
Reytingni Damashq (Suriya), Lagos (Nigeriya) va Dakka (Bangladesh) tugalladi.