Yuqori sifatli va kuchli changyutgichlar

Yuqori sifatli va kuchli changyutgichlar kundalik uy yumushlarida uy bekalarining ajralmas ko’makdoshiga aylanadi. Shu sababli ham ular tanlash jarayonlarida e’tiborli bo’lishlikni talab etadi. Bu esa Sizga ish jarayonlarini samarali hamda yanada ishonchli bo’lishini ta’minlaydi.

E’tiboringizga bir nechta modellarni taqdim etish orqali ularni taqqoslaymiz.

Philips kompaniyasi tortish tezligi kuchli bo’lgan va Hepa10 filtrida ishlovchi noyob changyutgichni ishlab chiqardi, uning sharofati bilan endilikda vaqtingizni anchagina tejash imkoniyatiga egasiz. Chang qopiga ega bo’lmagan  Philips FC 8474 changyutgichi “Siklon’ sistemasida ishlaydi. U Siz uchun uy ishlarida yaxshi yordamchiga aylanadi.  Zamonaviy dizayn ega va betakror binafsha rangni aks ettiradi.  Bu esa uy tozalash jarayonlarini chinakam bayramga aylantira oladi. Chang va iflosliklardan Sizni Hepa 10 filtri halos etadi. U uyni samarali tozalaydi va hech kimga halal bermaydi. Chunki, uning shovqin darajasi 83 db ni tashkil etadi. Bunday shovqin darajasidan Sizni bosh og’riqlari bezovta qilmaydi.

Xiaomi Mi Automatic Vacuum Cleaner changyutgichi kuchli quvvat va aqlli ishlash jarayonlariga ega. U nooadatiy dumaloq shaklga ega va bu dizayn unga samarali va hech qanday noqulayliklarsiz ishlash prinsipini taqdim etadi. Bundan tashqari mazkur model bir urinishning o’zida 250 metr kvadrat joyni tozalashga zaryadi yetadi. Endi divanda yotgancha changyutkichga masofadan buyruq berib uy ishlarini bajartirish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Tozalov yo‘nalishini ham “aqlli yordamchi”ining o‘zi rejalashtiradi. O‘z toifasidagi changyutkichlardan anchagina arzon. Quvvatini osongina sozlash mumkin. Ko‘rkam dizaynga ega. Ikki g‘ildiragi va bir tayanch soqqachasi yordamida harakatlanadi.

Har qanday uy jihozi foydalanuvchiga bir qator qulayliklarni yaratishi lozim. Kutib oling: Samsung SC5357 — uy bekalari uchun haqiqiy yordamchiga aylana oluvchi zamonaviy  model. Twister siklonik filtrning biriktirilishi tufayli ushbu changyutgich juda kuchli tezlik bilan uyingizni tozalaydi. U bilan ishlash jarayonlari sodda va oson bo’lishi foydalanuvchini ortiqcha muommolardan halos etadi. Shu sababdan ham ushbu qurilma ko’plab imkoniyatlarni o’zida mujassamlashtirgan. Uning qulay dastalari qo’lingizga juda mos keladi va uzoq muddatli ish jarayonlarida charchoq hissini uyg’otmaydi. Ushbu changyutgichning quvvat sarfi 1800 Vt. Shu bilan birga, uning maksimal assimilyatsiya quvvati 440 Vt dan oshmaydi.  Bu butun uyni tez va samarali tozalashni ta’minlash uchun yetarli hisoblanadi. Mazkur modelning chang qoplami uchun maxsus 2.4 litr hajm belgilangan. U bu hajmi orqali

blogpost.uz/48-yuqori-sifatli-va-kuchli-changyutgichlar.html