Soch to’kilishida qo’llaniladigan dori vositalari.
Soch to’kilgan joyni davolash soch g’uddachalarini qo’zg’atishga qaratiladi. Katta miqdordagi qo’zg’atuvchi va tinchlantiruvchi preparatlardan foydalaniladi: gumaral krem va surtmalar, spirtli va efirli eritmalar, ular tarkibida oltingugurt, salitsil tezobi, rezartsin, valeriana, piyoz suvi, aloy va boshqa maxsus dori — darmonlar bo’ladi.
Bundan tashqari, ko’rsatkichlar bo’yicha mikrotsirkulyatsiyani yaxshilovchi vositalar, mikroelementlar, gormonal preparatlar buyuriladi.
■ Minoksidil ( Alopeksi, Loniten, Regeyon)
■ Ameniksil shampunib ( Derkap )
🌟 Mikrotsirkulyatsiyani yaxshilovchi preparatlar:
● Ksantinol nikotinati ( Komplamin )
● Pentoksifillin ( Agapurin, Trental )
● Kaltsiy dobezilati ( Doksilek, Doksium )
🌟 Mis, temir, rux preparatlari:
■ Rux oksidi
■ Mis Sulfati
■ Temir tuzi ( laktat, glitserofasfat )
🌟 Gormonal preparatlar, jinsiy garmonlar va ularning antaganistlari:
■ Tsiproterin ( Androkur )
■ Diane — 35
■ Janin
🌟 Bezak usullari.
Bezak pardozining mikropigmentatsiya, sochni o’strish, sochni qalinlashtirish kabi usular keng qo’llanilmoqda.