Ko’ngil aynishi: asosiy sabablar:
«Nima uchun ko’ngil aynishi mumkin?» degan savolga juda ko’p javoblar bo’lishi mumkin. Ko’ngil aynishi turli omillar va kasalliklar natijasida yuzaga keladi. Agar ko’ngil aynishi uzoq va uzluksiz (bir necha kun davomida) davom etsa yoki tez-tez bezovta qilib tursa, qo’shimcha alomatlar bilan namoyon bo’lsa, hayot sifatini buzsa, shifokorga murojaat qiling.
Ko’ngil aynishning sabablariga:
- Xolesistit. O’t pufagida yallig’lanish jarayoni yoki bu a’zoda hosil bo’lgan toshlar odatda ovqat yeyish paytidayoq boshlanadigan ko’ngil aynishiga sabab bo’ladi. Qorinning kengayib og’rishi bilan birga og’izdan achchiqlik yoki metallning ta’mi kelishi, meteorizm, o’ng qovurg’a ostida og’riq sezilishi bilan birga kechadi.
- Ba’zi dorilar. Ko’p dori vositalarining nojo’ya ta’siri orasida ko’ngil aynishi ham mavjud. Odatda bularga temir preparatlari, antivirus, antigelmintlar, antibiotiklar, yallig’lanishga qarshi dorilar kiradi.
- Zaharlanish. Bu eng oddiy, lekin eng keng tarqalgan sabab. Ko’ngil aynishining etiologik omillaridan biri — noto’g’ri saqlangan, saqlanish muddati tugagan, eski mahsulotlarni iste’mol qilishdir.
- Gastrit. Oshqozon shilliq qavatining yallig’lanishi ko’ngil aynishiga, ayniqsa ovqatdan so’ng kuzatilishiga sabab bo’ladi. Bu epigastriyadagi og’riq, kengayish hissi bilan birga keladi. Uni bartaraf etish uchun to’g’ri ratsionga rioya qilish va gastritni davolash tavsiya etiladi.
- Migren. Surunkali bosh og’rig’i ko’ngil aynishi va bosh aylanishi bilan birga kechishi mumkin.
- Pielonefrit. Buyraklarning yallig’lanishi ko’ngil aynishini keltirib chiqaradi, bu qayt qilishgacha olib boradi. Muhim farqlovchi alomatlarga bel og’rig’i, siydik chiqarish vaqtidagi og’riqdir.
- Gipertoniya. Qon bosimining doimiy yuqori bo’lishi ko’pincha ertalab ko’ngil aynishi, shuningdek, bosh aylanishi, tanadagi shishishlar, yuzning qizarishi bilan kechadi.
- Miya jarohati. Miya chayqalishi, miya jarohatlari nevrologik sababli ko’ngil aynishiga olib kelishi mumkin.
- Oftob urishi. Quyosh ositda ko’p vaqt qolib ketish, ayniqsa yozning kunlari oftob urishiga olib keladi. Issiq va nam sharoitlarda ko’p jismoniy zo’riqish, suvsizlanish kabi omillar ham issiq urishiga va ko’ngil aynishiga olib keladi.
- Appenditsit. Ushbu holatda ko’ngil aynishi qusishgacha olib boradi, qorin og’rig’i kuzatiladi, dastlab qorinning yuqori qismida, keyin — pastki o’ng sohaga tushadi.
- Yurak xuruji, yurak muammolari. Bu holatda ham ko’ngil aynishi qusishgacha boradi va yengillik bermaydi, qorin og’rig’i, hiqichoq tutishi, terining oqarib ketishi va bo’g’ilish hissi kuzatiladi.
- Meningit. Bu ko’ngil aynishi nevrologik xususiyatga ega, u bilan birga yuqori isitma, yorug’likdan qo’rqish va ensada bosim hissi seziladi.
- Parazitar invaziya. Ba’zi gijja turlari ovqatlanish bilan bog’liq bo’lgan yoki bog’liq bo’lmagan ko’ngil aynishiga olib kelishi mumkin.
- Transportda chayqalish. Zaif vestibulyar apparat ko’pincha transportga minib ketayotganda chayqalish tufayli ko’ngil aynishini chaqirishi mumkin.
- Ichak infektsiyasi. Qayt qilish bilan kechadigan ko’ngil aynishi yuz beradi, qorin bo’shlig’ida og’riq kuzatiladi, harorat ortib, kishi kuchsizlanib boraveradi. Bunday hollarda davolashni kechga qoldirmasdan, darhol boshlash kerak, chunki ichak infektsiyalari odatda ich ketishiga olib keladi, u esa o’z navbatida hayot uchun xavfli bo’lgan suvsizlanishga.
- Ochlik. Ochlik ham ko’ngil aynishiga sabab bo’lishi mumkin.
- Shirinliklar. Epigastriyadagi yoqimsiz tuyg’ular och qoringa bir bo’lak shirinlik yoki tort iste’molidan so’ng paydo bo’lishi mumkin.
- Stress. Kuchli hayajon va hissiy zo’riqish ko’pincha ko’ngil aynishiga olib keladi, bu qonda adrenalin darajasining oshishi bilan bog’liq.
- Pankreatit. Me’da osti bezi yomon oziq-ovqat, spirtli ichimliklar, yog’li ovqatlarga juda sezgir. Uning yallig’lanishi ham ko’ngilni aynitadi, chap tomondagi og’riq, qorinning damlanishi bilan birga kechadi.
- Gipotireoz. Qalqonsimon bez gormonlari yetishmasligi biroz ko’ngil aynishi bilan kechishi mumkin, shuningdek ishtaha yo’qolishi, seruyqulik.
- Ovqat hazm qilish traktidagi o’simta. Ular yaxshi va yomon tabiatli o’smalar bo’lishi mumkin.
- Homiladorlik. Birinchi trimester — 12 haftaga qadar, toksikozning asosiy belgilari — ko’ngil aynish — uyg’onishdan so’ng darhol namoyon bo’ldi.
Agar biron narsa yeganligingiz tufayli ko’ngil aynishi kuzatilsa, kun davomida nimalar iste’mol qilganingizni eslang. Albatta, ko’ngil ayniyotgan cho’g’i sababchi mahsulotni eslaganingizda u sizda ko’ngil aynishini yanada kuchaytiradi. Agar shunday bo’lsa, qayt qilib tashlash lozim.
Boshqa alomatlar bilan birga kechadigan ko’ngil aynishi
Turli xil sharoitlarda va kasalliklarda ko’ngil aynishi hissi boshqa ba’zi belgilar bilan birga keladi. Bir nechta belgilarning birgalikda namoyon bo’lishi shifokorga o’xshash klinik ko’rinishdagi o’nlab boshqa kasalliklardan birini ajratishga imkon beradi.
Bosh aylanishi va ko’ngil aynish bilan birga kechadigan kasalliklar
Ikkala belgilar ko’plab kasalliklar bilan namoyon bo’lishi mumkin, shuning uchun eng muhimni ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiqdir. Ko’ngil aynishi va bosh aylanishi (kuchsizlik) sabablari ko’pincha:
- Ko’zning mushaklari patologiyasi;
- Bo’yin umurtqasi sohasining osteoxondrozlari;
- Bosh travmasi;
- Vestibulyar nevrit;
- Homiladorlik;
- Orqa miya jarohati;
- Insult;
- Dengiz kasalligi;
- Hayz ko’rish;
- O’rta quloqning yallig’lanishi — labirintit;
- Ba’zi dori-darmonlarni qabul qilish;
- Migren;
- Fistula (perilmofatik);
- Miya o’simtasi;
- Yurak-qon tomir kasalligi;
- Ayollarda menopauza;
- Stress;
- Miniera kasalligi;
- Anemiya;
- Gipertoniya;
- Gipotoniya;
- Spirtli ichimliklar bilan zaharlanish;
- Qarilik;
Muhim: Ko’ngil aynish va bosh aylanishining haqiqiy ildizini aniqlash uchun siz keng qamrovli tekshiruvlardan o’tishingiz kerak.
Zaiflik va ko’ngil aynishini chaqiradigan kasalliklar
Agar ko’ngil aynishi tanada holsizlik va umumiy charchoqlik bilan birga bo’lsa, unda quyidagi holatlar mavjud bo’lishi mumkin:
- Miya o’simtasi;
- Qarilik;
- Yuqori qon bosimi (bu holatda bosh aylanishi paroksismal bo’ladi);
- Homiladorlik;
- Insult;
- Pankreatit;
- Vegeto-qon tomir distoniyasi;
- Giperglikemiya — bemorlar ko’z qorong’ulashishidan shikoyat qilishadi, hushini yo’qotishadi;
- Migren xuruji;
- Nevrologiya — tananing holati o’zgarganda ko’ngil aynishi va bosh aylanishi yo’qolsa, demak asosiy sabab nevrologik tabiatga ega;
- O’tkir zaharlanish;
- Gepatit.
Eslatma: Agar bosh aylanishi ko’ngil aynishi bilan kechadigan bo’lsa, uzoq yoki og’riqli xususiyatlarga ega bo’lsa, darhol shifokor bilan maslahatlashing.
Ertalab ko’ngil aynishi sabablari
Ertalab oshqozon sohasidagi noqulaylik hissi paydo bo’lishi quyidagi holatlarga xosdir:
- Gipertoniya. Ushbu holatda ertalablari ko’ngil aynishi doimiy kuzatiladi, shu bilan parallel ravishda bosh aylanishi, shishish, sababsiz charchoq, yuzning qizarishi ham kuzatiladi.
- Homiladorlikning birinchi trimestri. Buni bartaraf qilish uchun uyg’ongach, to’shakdan turmasdan biron narsa yeb olish kerak (olma, pechene).
Ovqatdan keyin ko’ngil aynishi sabablari
Ovqatdan so’ng quyidagi hollarda ko’ngil aynishi rivojlanishi mumkin:
- Gastrit;
- Oshqozon yarasi;
- Pankreatit;
- Xoletsistit;
- Yurak kasalligi;
- Yog’li ovqatlar iste’moli;
- Appenditsit;
- Buyrak yetishmovchiligi;
- Me’yoridan ortiq yeb yuborish;
- Vahima, tashvish;
- Gijjalar ishg’oli;
- Sifatsiz oziq-ovqat.
Ro’yxatdan ko’rinib turibdiki, ovqatdan keyingi ko’ngil aynishining barcha sabablari oshqozon-ichak tizimi bilan bog’liq. Shu bilan birga, bemorlar ko’pincha qorindagi og’riq, o’ng va chap qovurg’a ostidagi og’riqlardan, meteorizmdan shikoyat qilishadi.
E’tibor bering: «Psixogen ko’ngil aynish» kabi narsa bor — bu yoqimsiz narsalarni ko’rish yoki hidlash natijasida refleksli ko’ngil aynishidir. Nevrozli odamlarga xosdir.
Nimalar ko’ngil aynishi va isitmaga olib keladi
Bu ikki mezon ko’pincha oshqozon-ichak trakti va respirator organlarining yuqumli kasalliklarida namoyon bo’ladi:
- Dorilar, asoslar, oziq-ovqat, kislotalar bilan zaharlanish oqibatidagi o’tkir gastrit;
- Qizilcha;
- Salmonellyoz;
- Qizamiq;
- Meningit;
- Angina;
- Gepatit;
- Oshqozon grippi;
- Skarlatina;
- Bronxit;
- Ingichka ichakning diskineziyasi;
- Oshqozon va qizilo’ngach shilliq qavatidagi eroziv jarayon;
- Jarrohlik aralashuvlar.
Ko’ngil aynishi va ich ketishi
Bu belgilar oshqozon-ichak trakti faoliyatidagi odatiy buzilishlarning namoyon bo’lishi. Xususan, ular shunday holatlarda birga kuzatiladi:
- Virusli infektsiya;
- Bakterial infektsiya;
- Pankreatit;
- Yuvilmagan sabzavot va mevalarni iste’mol qilish;
- Dori-darmonlarni qabul qilishda nojo’ya ta’sir;
- Noto’g’ri parhez.
Muhim: ich ketishi — kurashish kerak bo’lgan alomatdir. Bu tananing suvsizlanishiga olib kelishi mumkin, bu ham kattalar, ham bolalarga salbiy ta’sir qiladi. Ichimlik rejimiga amal qilish kerak.
Bolalarda ko’ngil aynishi
Bolalardagi ko’ngil aynishi nafaqat oshqozon muammolari, balki boshqa omillar mavjud bo’lgan bir qator sabablarga bog’liq. Quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak:
- Bolada kalla ichi bosimining oshishi. Bolada bosh og’rig’i ham kuzatiladi.
- Ko’p yeb yuborish. Oziq-ovqat mahsulotlarining ortiqcha iste’mol qilish ko’ngilni aynitadi va bo’kib qolganlik tuyg’usini keltirib chiqaradi.
- Zaif vestibulyator apparati. Bolalarni transportda tez-tez ko’ngli ayniydi, shuning uchun safardan oldin bolaga ko’p ovqat yoki ichimlik bermang.
- Suvsizlanish. Ko’p hollarda bolalarda ko’ngil aynishi ular yugurib, terlaganidan so’ng yuz berishi mumkin. Bunday hollarda bolaga oddiy suv bering va vaziyat osonlashadi.
- Stress. Bolalar ko’pincha hayajonlanganda, stress, asabiy taranglikda ko’ngil aynishini boshdan kechiradi. Buning oldini olish uchun bolani tinchlantirish, nafas olish mashqlarini bajartirish kerak.
- Allergiya (oziq-ovqat, dorilarga). Ko’ngil aynishi muayyan mahsulot yoki preparatga nisbatan allergiyasi mavjud bo’lganda sodir bo’lishi mumkin. Bolaning allergenini aniq bilish uchun allergologga murojaat qilishingiz kerak.
Ko’ngil aynishini davolash
Bu alomat turli xil sabablarga ko’ra yuzaga kelishi bois ko’ngil aynishini davolash — sababchi bo’lgan birlamchi kasallikni davolash deganidir. Mustaqil ravishda dori-darmonlarni qabul qilish bu holda og’ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun siz shifokorga murojaat qilishingiz kerak. Turli hollarda ko’ngil aynishini bartaraf etish uchun:
- Ko’p yeb yuborganda ovqat miqdorini kamaytirish kerak, yog’li va achchiq ovqatlardan tiyilish kerak.
- Ko’ngil aynishiga qarshi tabletkalari transportdagi chayqalish holatlarida yordam beradi. Dengiz kasalligida skopolamin saqlagan plastir ishlatiladi va u sayohatdan 6 soat oldin yopishtiriladi.
- Psixoterapiya kursi stress yoki ruhiy kasalliklar tufayli yuzaga kelgan ko’ngil aynishi qoldirishda foydali bo’ladi.
- Homiladorlik davrida ko’ngil aynishi yalpizli konfetalar yoki uyg’onishdan oldin biror narsa yeb olish orqali bartaraf etiladi.
Bosh aylanishi va ko’ngil aynishini davolash quyidagilarni nazarda tutadi:
- Gorizontal (yotgan) holatni qabul qilish;
- Toza havo kelishini ta’minlash;
- Hushdan ketgan bo’lsa buruniga ammiak bilan namlangan paxtani olib kelish;
- Past qon bosimi sabab bo’lsa, qahva yoki shirin choy ichish