Ko‘z o‘tkirligi pasayishiga asosiy sabablar quyidagilar:
Odam bir nuqtaga uzoq muddat tikilib turishi, ko‘z nervlarining zo‘riqishi ko‘z olmasida qon aylanishining buzilishiga olib keladi. Bu faqatgina kompyuter qarshisida ko‘p o‘tiradiganlarda emas, balki haydovchilar, zargarlar, payvandchilar va boshqa turdagi kasb egalari ham bo‘lishlari mumkin. Ayniqsa, tunda televizor ko‘rishni yaxshi ko‘ruvchilar xavf guruhiga kirishadi. Bu bilan ish faoliyatini tugatish yoki “zangori ekranni” tashlab yuborish kerak degani emas, shunchaki xavf guruhidagi ishchilar ko‘zlar o‘tkirligini kompensatsiya qilish yo‘li bilan saqlab turishlari zarur. Kimdir aytishi mumkin: men 20 yildan beri yuk mashinasini uzoq masofaga haydab kelaman, lekin mening ko‘zim o‘tkirligi joyida yoki yana kimdir men 20 yildan beri «paravoz kabi tutaman» va men o‘sma bilan o‘lib ketmadim deb, shunchaki sizning omadingiz kelgan – chunki odam organizmida ichki rezervi (zahira) bor, lekin hamma organizm ham bir xil emas. Shuning uchun ko‘zlarni doimo parvarish qilib turish kerak.
Har bir tana a’zomiz uchun ozuqa moddalari kerak bo‘ladi, masalan yurak uchun boshqa turdagi vitaminlar, ko‘z uchun esa o‘ziga xos boshqa vitaminlar. Yetarlicha ozuqa moddalari kelmasa hujayralar funksiyasi sekinlashadi, regeneratsiyasi sekinlashadi va natijada a’zo ishlashida kamchiliklar kelib chiqishi mumkin. Mana ko‘z o‘tkirligi pasayishiga olib keladigan asosiy sabab nimada.
Ha-ha, albatta, gumon bilan qarashingiz mumkin, keling buni izohlaymiz: erkak kishi 1 gr sperma suyuqligi ajralganda 40-80 ml qon yo‘qotgan bilan barobar bo‘ladi. Chunki bu suyuqliklar faqatgina reproduktiv ko‘payishga sarflanish uchun yaratilgan. Agar ular saqlansa, boshqa organlarning hujayralari uchun resurs bo‘lib qoladi, shu bilan birga ko‘z hujayralariga ham. Bizning organizm gormonal bog‘likliklar bilan ishlashga asoslangan, qandaydir joyda kamchilik bo‘lsa, boshqa hujayralarga ham ta’sir qiladi. Shuning uchun jinsiy hayotni tartibga solishni ham inobatga olib qo‘yish kerak, noadekvat jinsiy aloqa va jinsiy aloqaning umuman bo‘lmasligi ham ko‘zlar uchun zararli bo‘lishi mumkin.
Jigar funksiyasi bilan ko‘z o‘tkirligining bog‘liqligi qadim zamon tibbiyotidan ma’lum. Bu fakt haqida qadimgi hind va Tibet tibbiyoti ma’lumotlar berib ketgan. Quyida siz ayrim kitoblar nomi bilan tanishasiz. Ularda ko‘z va jigar salomatligi haqida ham keltirilgan.
Muammoning ahamiyatliligi shundaki, ko‘z o‘tkirligi to‘satdan pasayib ketadi. Hammasi joyida edi, ammo birdaniga ko‘zlaringiz charchayotganini, ko‘z oldingizdagi tasvirlar chalkashayotganini va har kunlik masofadan o‘qiy oladigan yozuvlarni qiyinchilik bilan ko‘rishingiz boshlanib qoladi. Aytgancha ko‘zlaringizni tekshirib ko‘rishning ishonchli usuli ham shu: har kungi o‘tiradigan joyingizdan qarshingizdagi devorda osilgan soat raqamlarini ko‘rishingiz qiyinligi ko‘z o‘tkirligingiz pasayganligidan dalolat beradi.
Ko‘z olmasida qon aylanishini yaxshilash, ko‘z o‘tkirligini saqlab qolish va qayta tiklash uchun quyidagi usullar foyda beradi:
Endi yuqoridagilar haqida batafsil ma’lumot beramiz.
Biz aynan ko‘zlarni massaj qilish va mashq qildirishdan boshlaymiz. Chunki bu usul eng oddiygina bo‘lib qolmay, balki ko‘z o‘tkirligini tiklashda samarali usul ham hisoblanadi. Agar siz ko‘zlaringizni mashq qildirishni kunlik odatingizga aylantirsangiz, xursand bo‘lavering “ishning yarmini” bajarib bo‘ldingiz. Ish joyingizda yoki boshqa joyda ko‘zlaringizda noqulaylik his qilsangiz, ikki daqiqaga chalg‘ing, ya’ni monitordan chetlashib, ko‘zlaringizni yuming, ustiga ikki barmog‘ingizni qo‘ying va aylana harakat bilan massaj qilishni boshlang, yengil bosim bilan.
Ko‘z gimnastikasi bundanda oson: boshni to‘g‘ri tutgan holda, faqatgina ko‘zlarni harakatlantirib yuqoriga qarang, keyin pastga, keyin o‘ngga va chapga. Shunday harakatlar bilan 10-15 marta takrorlab, mashqni ko‘zlaringizni soat strelkasi bo‘ylab va strelkasiga qarshi harakatlantirib tugating. Har kunlik mana shunday ko‘z mashqlari bilan siz ko‘zlaringiz qon aylanishini yaxshilaysiz va o‘tkirligini “kafolatlaysiz”, bundan tashqari pasaygan ko‘z o‘tkirligini ham qayta tiklashingiz mumkin.
Quyidagi video lavha orqali ko‘z nurini yaxshilash uchun mo‘ljallangan mashqalarni bajarish texnikasi haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
Qorag’at (chernika) o‘simligi qadim zamonlardan beri ko‘zlar bilan bo‘ladigan muammolarda qo‘llanilib kelgan. Bu xushbo‘y, mazali o‘simlik ko‘z o‘tkirligi pasaygan insonlar uchun kerakli mahsulot hisoblanadi. Chunki o‘simlik o‘zida ko‘zlar uchun zarur bo‘lgan vitaminlar saqlaydi, ona tabiatda ko‘zlar uchun bundan yaxshiroq ozuqa bo‘lmasa kerak. Insonlar chernikaning foydali jihatlarini bilganlari bois, meva izlash uchun tabiat qo‘yniga chiqishmaydi albatta, tayyor dorixonalarda sotiladigan sun’iy chernikalarda foydalanishadi (Chernika Forte).
Savol tug‘iladi samarasi qanday? Hammaga ma’lum dorixonalardagi chernika tarkibli tabletkalar ko‘z uchun ancha foydali, u hujayralarni tez regeneratsiya qilishga yordam beradi, bir oy ichida ko‘zlar o‘tkirligini yaxshilanganligini sezsa bo‘ladi. Lekin oy o‘tib bu effekt kamayadi, balki sababi ko‘zlarning sun’iy chernikaga o‘rganib qolishidir. Shuning uchun tabiiy mevani topishga harakat qilib ko‘rish kerak. Ha, bozorlarda tabiiy mevani topish qiyinroq, lekin supermarketlarda mevaning muzlatilgani yoki dorixonalarda quritilganini topsa bo‘ladi. Muzlatilgan holda olib kunlik iste’mol qilinsa, quritilganini kompot qilib ichilsa, ko‘zlar uchun ancha samarali.
Asal – tabiat in’om etgan, ko‘zlar o‘tkirligi uchun foydali bo‘lgan “kokteyl”. Asal olayotganda e’tiborli bo‘lish kerak. Ayrim do‘konlarda sotilayotgan idishchalardagi asallar haqiqiy asalariniki bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun toza asalni izlab topishingiz zarur.
Asal bilan ko‘zlarni qayta tiklashning usullari:
1. Ko‘z o‘tkirligini tiklash uchun tungi primochkalar. Asal bilan ko‘zlar ustini yumshoq massaj qilib ustidan yumshoq salfetka yopib uxlash.
2. Har tongda och qoringa 2-3 choy qoshiqdan asal iste’mol qiling. Bunda asalning organizmga yaxshi so‘rilishi uchun shakar iste’mol qilishdan butunlay vos kechib turganingiz. Albatta bu usul asalga allergiyasi yo‘qlar uchun.
Birinchi navbatda 1 hafta davomida kamida 2 marta kun davomida tashqi tasirlovchilardan ko‘zlarni saqlang, umumiy dam bering. Buning qiyinchiligi shundaki, ko‘pchilikning sabri yetmaydi, dam olish kunlari kompyuter yoki televizor qarshisida uzoq vaqt davomida o‘tiradi. Bu, albatta, odat tusiga aylangan, ammo ko‘zlar sog‘lig‘i uchun odatlarni ortga surib turish lozim. O‘zingiz uchun taqvim tuzib oling, dam oladigan kunlaringiz kompyuter, televizor qarshisida o‘tirmang, kitob o‘qimang va mashina haydamang. Yaxshisi tabiat qo‘ynida oilangiz, do‘stlaringiz bilan birga bo‘ling. Agar sizda shahardan tashqari tabiat qo‘yniga chiqish imkoni bo‘lmasa, uyni tekshirib ko‘ring tozalanishi kerak bo‘lgan joylar bormi-yo‘qmi. Burchaklardan changlarni ko‘zingiz bilan qidirishingiz ham ko‘z mushaklarini harakatga keltiradi. Boshqa kunlari ish davomida tashqi ta’sirlovchilardan qochish imkoni bo‘lmasa har ikki soatda ko‘zlaringiz mashqi va massaji uchun hech bo‘lmaganda 2 daqiqa vaqt ajrating.
Agar siz mana shu mavzu bo‘yicha chin dildan qiziqqan bo‘lsangiz Beyts metodi haqida eshitgan yoki internetdan qidirib ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Bu kitob Uilyam Beyts tomindan yozilgan “Perfect Sight Without Glasses” ( Ko‘zoynaklarsiz yorqin ko‘rish ) deb nomlanadi. Unda ko‘zlarni mashq qildirish, ko‘rish o‘tkirligini saqlash va qayta tiklash haqida tegishlicha ma’lumotlar keltirilgan. Kelgusi maqolalarimiz davomida ushbu usul borasida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Yoga – sog‘liq uchun juda foydali bo‘lgan mashg‘ulotdir. Dunyoda millionlab insonlar yoga sababli o‘zlaridagi kamchiliklardan, ishonchsizlikdan va kasalliklaridan xolos bo‘lishganligini qayd etishgan. Ko‘z o‘tkirligi uchun maxsus qadimgi hindlar qo‘llagan usullarni Ramanatataning “Ko‘zlar uchun yoga mashqlari” kitobidan topish mumkin. Agar siz yoga bilan muntazam shug‘ullanishni istamasangiz ham kitobda maxsus nuqtalarni bosish yo‘li bilan ko‘zlaringizga yordam berishingiz mumkin. Bu usul akupunktura deyiladi.
Ko‘zlaringiz uchun foydali bo‘lgan mahsulotlar quyidagilar:
Albatta yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlarning hammasi ovqatlanish tartibingizda har kuni bo‘lishi shart emas, hech bo‘lmaganda ikkitasi bo‘lsa ham kifoya.
Baliqqa keladigan bo‘lsak yog‘li, dengiz turidagilarni tanlash kerak. Haftada ikki marta baliq mahsulotlari iste’mol qilib turish organizm, ayniqsa ko‘zlar uchun ancha foydali. Piksha, semga, paltusa, losos, skumbriya kabi mahsulotlar o‘zida omega-3-yog‘ kislotalarini ko‘proq saqlaydi. Bu moddalar ko‘z uchun foydali, hamda miyada qon aylanishini ham yaxshilaydi. Muntazam ravishda baliq mahsulotlarini iste’mol qilib turish ko‘zda qon aylanishini, ateroskleroz hosil bo‘lmasligini ta’minlaydi va stress holatlaridan chiqib ketishga yordam beradi.
Jigar temir mikroelementiga boy, ular qon hosil bo‘lishiga yordam beradi. Yosh buzoqcha, tovuq yoki kurka jigarini iste’mol qilish foydalidir.
Sut mahsulotlaridan qayta ishlovdan o‘tmagan sutni iste’mol qilish kerak. Bunday sut mahsulotlarini supermarketlardan bemalol topsa bo‘ladi, ular sterilizatsiyadan o‘tmagan, lekin pasterizatsiyadan o‘tgan, ya’ni qaynatilmagan, ammo iste’molga yaroqli hisoblanadi.
Sabzavotlar sharbati yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlardan ham ko‘roq foydali hisoblanadi. Ko‘z o‘tkirligini yaxshilash uchun sabzi, petrushka, selderey va ismaloq kerak bo‘ladi. Aynan mana shu o‘simliklar tarkibida vitamin va mikroelementlar ko‘p va ular ko‘z uchun juda foydali. Ulardan tayyorlangan sharbatlarni vaqti-vaqti bilan iste’mol qilib turish tavsiya etiladi.
Yangi uzilgan, barra sabzavotlarni tanlang. Ular xona haroratida tursin. Sabzini olib yaxshilab yuving, lekin po‘stini archimang. Chunki unda ko‘plab foydali moddalar bor. Qolgan sabzavotlarni ham yaxshilab yuving. Quyidagi usulda sharbat tayyorlang:
Sabzi 9 ta bo‘lak, selderey 5 bo‘lak, petrushka 2 bo‘lak. Ulardan sharbat tayyorlang.
Sabzi 60 %, ismaloq 40 % nisbatdagi sharbat.
Sharbatlarni tongda och qoringa iching, kam-kam ho‘plamdan. Sharbatni tayyorlab uni saqlab qo‘yishdan ma’no yo‘q chunki 10 daqiqadan so‘ng oksidlanish jarayoni boshlanadi va foydali moddalarni yo‘qotib yuboradi. Qabul qilish miqdori esa xohishga ko‘ra belgilanadi. Yarim stakandan boshlab ko‘ring. Sharbatni majburlab emas, balki istakka ko‘ra qabul iching. Odatda har kuni 1 stakandan ichilgan sabzavot sharbatlarining natijasi 2-3 oydan keyin bilinadi.
Progress – albatta yoqimli. Yangi zamonaviy texnikalar hayotimizni qulaylashtirmoqda, lekin shu qatorda ulardan ortiqcha foydalanish ham organizmimiz uchun zarar keltirmoqda, ayniqsa ko‘zlar ko‘proq zararlanmoqda Balki 200 yildan keyin barcha odamlar hayotining yarmini ko‘zoynaklar taqib o‘tkazar yoki ko‘z o‘tkirligini tiklovchi boshqa zamonaviy vositalar o‘ylab topilar. Bunday oqibatlarga duchor bo‘lmaslik uchun ko‘zlarimiz uchun bir ozgina vaqt ajratib parvarish qilsak bas. Shunchaki ko‘zlarga dam bering, ularni muntazam mashq qildirib turing, foydali mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qiling, sabzavot sharbatlaridan ichib turing, tunda ko‘zlarni asal bilan massaj qiling, mutaxassis shifokor tavsiyalarini oling va yoga bilan shug‘ullaning. Umid qilamizki, biz bergan maslahatlar ko‘zlaringiz o‘tkirligi uchun foyda beradi va erishgan natijangizni biz bilan izoh shaklida bo‘lishasiz!
Salomat bo‘ling!