Kattalardagi stomatit sabablari
- Infektsion agentlar. Turli bakteriyalar va viruslar, albatta, og’iz shilliq qavatiga zarar etkazadi. Ammo, shartli patogen flora har bir kishi mavjud bo’lsa-da, har doim ham o’zini namoyon qilmaydi. Qo’zg’atuvchining faol o’sishi va patogenezi uchun organizmning himoya qobiliyatini sustlashtiruvchi omil talab etiladi.
- Noto’g’ri oziqlanish. Boy va to’liq ovqat ratsioni organizmni normal hayot uchun zarur bo’lgan vitamin va mineral moddalar bilan ta’minlash uchun mo’ljallangan. Ushbu moddalarning etishmasligi stomatitning ehtimolligi oshishiga olib keladi.
- Og’iz bo’shlig’iga zarar yetkazish. Stomatit ko’pincha og’iz shilliq qavatini yaxlitligini buzilishi oqibatida kelib chiqadi. Bularga og’izning lablarni tishlash, shilliq qavatning quruq va qattiq oziq-ovqat bilan jarohatlanishi, kuyish kiradi.
- Gigiena qoidalariga rioya qilmaslik. Sabzavot va mevalarning yaxshi yuvilmasdan iste’mol qilinishi, qo’l yuvish rejimining buzilishi stomatitga olib keladi.
- Stomatologik aralashuv. Tish protezlarini noto’g’ri o’rnatishda, ayniqsa sifatsiz materiallardan foydalanilgan bo’lsa yoki malakasiz shifokorlar bo’lsa.
- Og’iz bo’shlig’ining noto’g’ri gigienasi. Tishlarni haddan ortiq ko’p yuvish va tarkibida natriy laurilsulfat saqlagan tish pastalarini ishlatish so’lak ajralishi sekinlashadi va shilliq qavatini suvsizlanishi rivojlanadi. Bu ta’sir tashqi omillarga og’iz epiteliyning kurashuvchanligini kamaytiradi va natijada stomatit rivojlanadi.
- So’lakni kamaytiradigan dori-darmonlarni qabul qilish. Bunday preparatlar, xususan, diuretiklarni o’z ichiga oladi.
- Chekish va haddan tashqari spirtli ichimlik iste’moli.
- Surunkali kasalliklar.
Ko’pincha stomatitlar tanadagi bir qator yashirin kasalliklar mavjudligini ko’rsatadi. Masalan:
- Sinchkovlik bilan diagnostika yordamida stomatit bilan og’rigan bemorlarning ayrimlarida burun, bo’yin va og’izning onkopatologiyasi aniqlandi.
- Ionlashtiruvchi nurlanish va kimyoterapiya vositalari ta’siri stomatitga olib kelishi mumkin.
- Oshqozon traktining kasalliklari, ichak parazitlari bilan kasallanish stomatitni keltirib chiqarishi mumkin.
- Og’izdagi stomatit turli sabablarga ko’ra og’iz shilliq qavatining uzoq muddat suvsizlanishi natijasida yuzaga kelishi mumkin.
- Og’izdagi yaralarning o’sishi ehtimoli OIV infektsiyasiga ega bo’lgan odamlarda yuqoriroqdir.
- Ayollarda gormonal fonning buzilishi (ham patologik, ham homiladorlik yoki menopauza sabab) stomatitni keltirib chiqarishi mumkin.
- Aftoz stomatit ko’pincha qandli diabet mavjudligi bilan bog’liq.
- Bronxial astmani aerozol shaklidagi gormonlar bilan davolash zamburug’ tabiatli stomatitiga olib keladi.
- Og’izdagi yaralarning paydo bo’lishiga ko’pincha anemiya hamrohlik qiladi.
Katta yoshdagi odamlarda stomatit belgilari
Kattalardagi stomatitning tashqi ko’rinishi qanday? Odatda, stomatit belgilari kasallik kelib chiqishi sababidan qat’iy nazar o’xshash bo’ladi. Kam hollarda stomatitda o’tkir og’ir intoksikatsiya, isitma va boshqa jiddiy alomatlar kuzatialdi. Yaralar va boshqa kasalliklar rivojlanishing va qaytalanishning oldini olish uchun quyidagi alomatlar kuzatilganda shifokorga murojaat qiling:
- Stomatitning kelib chiqishi zararlangan hududning shishishi va og’riqli hislar bilan birga qizarishi bilan boshlanadi.
- Agar stomatit bakterial infektsiya tufayli rivojlangan bo’lsa, jarohat joyida ertasi kuni silliq kichik yara hosil bo’ladi. Uning atrofida qizarish kuzatiladi, jarohatning o’zi ingichka oq parda bilan qoplangan bo’ladi.
- Agar yaraga teginilsa, og’riq va achishish paydo bo’ladi. Ba’zi hollarda jarohat og’rig’i ovqat yeyishga va normal gapirishga to’sqinlik qiladi.
- Stomatitning kechishi so’lak ajralishining oshishi va og’izdan yoqimsiz hid kelishi bilan birga bo’ladi. Ba’zi holatlarda milk qonashi kuzatiladi.
- Stomatit og’ir hollarda tana haroratining 39°C gacha ko’tarilishi va limfa tugunlarining kattalashishiga sabab bo’lishi mumkin.
- Stomatitda eng ko’p uchraydigan yaralar joyi lablarning ichki yuzasida, lunjda, tanglayda va bodomsimon bezlar ustida bo’ladi. Stomitit yarachalari kamdan-kam hollarda tilda va til ostida paydo bo’ladi.
Kattalardagi stomatitni qanday davolash mumkin
Gigiena qoidalariga rioya qilmaganlikdan kelib chiqqan kataral stomatit va aftalarsiz holda shilliq pardalarning yallig’lanishini juda oddiy uyda davolash mumkin, davolash bir hafta davom etadi. Davolanish davomida tezroq tiklanish uchun agressiv oziq-ovqatlardan vaqtincha tiyilishga (nordon, sho’r, haddan ziyod qattiq, juda issiq yoki sovuq oziq-ovqatlar), va og’izni tez-tez zararsizlantirish vositalari bilan chayqashga harakat qiling.
Stomatit infektsiya belgilari bilan yanada jiddiyroq bo’lsa, sizning tish shifokoriga murojaat qilish kerak. Stomatitni davolash surunkali kasallik rivojlanishini oldini olish, og’riqni kamaytirish, shilliq qavatni tiklash va ikkilamchi kasallikning tarqalishi oldini olish bo’yicha choralarni o’z ichiga olishi kerak.
Yallig’lanishga qarshi dorilar, antiseptiklar
Stomatitni davolash doimo antibakterial dorilarni o’z ichiga olishi kerak. Ushbu preparatlar shimish, malham, gel, sprey, tabletka, chayish va boshqa shakllarda qo’llanilishi mumkin.
- Spreylar: Ingalipt, Geksoral, Lugol;
- Kamistad — lidokain asosli gel, — kuchli og’riq qoldiruvchi va moychechak — tabiiy samarali antiseptik;
- Elyudril — og’izni chayish uchun va stomatitga qarshi ko’p ishlatiladigan suyuqlik;
- Stomatidin (hexetidine) — antiseptik yaratish, dezenfekte va samarali oson anestetik ta’sir ta’minlaydi;
- Kameton — efir moylari asosida tayyorlangan, antimikrob va yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi va mahalliy og’riqsizlantirish hususiyatiga ega. Aerozol va sprey shaklida ishlab chiqarilgan;
- Aktovegin — stomatitning dastlabki bosqichlarida qo’llaniladi, jarohatlangan to’qimalarni davolashga yordam beradi.
Antivirus, zamburug’larga qarshi va antigistamin preparatlar
Stomatitlarning har qanday turi — zamburug’li, virusli yoki allergik bo’lsihiga qarab tegishli preparatni qo’llash kerak. Kattalardagi stomatitga qarshi dorilar to’g’ri tanlanganda yaxshi samara beradi.
- Solkoseril — stomatologiya amaliyotida ko’p ishlatiladigan preparatdir. Pasta shaklida ishlab chiqariladi. U to’qimalarning hujayraviy ovqatlanishini yaxshilashga yordam beradi va ularni tiklash jarayonini tezlashtiradi.
- Karotin — yog’li suyuqlik, tashqi qo’llaniladi. Preparatning faol moddasi betakaroten — antioksidant, retinolga o’xshash, hujayralarga himoyaviy ta’sir ko’rsatadi.
- Chakanda(oblepixa) va na’matak yog’lari ajoyib tabiiy shifobaxsh mahsulotidir.
- Vinilin (Shostakovskiy balzami) — antiseptik. U yaralarni o’rab oladi, ularni tozalaydi va tiklanishni tezlashtiradi.
Allergik stomatit
Hozirgi kunda dunyo aholisining deyarli uchdan bir qismi allergiyadan aziyat chekishadi. Biroq, allergik reaktsiyalarning namoyon bo’lishi butunlay boshqacha bo’lishi mumkin. Ba’zilarda allergiya sabab kuzatiladigan stomatit bor. Bu yangi protez o’rnatilgandan yoki notanish dori vositasidan foydalanish natijasida sodir bo’lishi mumkin. Bunday holda stomatit alohida xastalik sifatida gapirilmaydi. Og’izning shilliq qavatida yaralar paydo bo’lishi allergiya belgisi hisoblanadi. Shuning uchun bunday stomatitni davolash, asosan, allergenni aniqlash va chiqarib tashlashdan iborat bo’lib, keyin yuqorida bayon qilingan antigistaminlarni qo’llashni o’z ichiga oladi. Dori moddalarini tabletkalar shaklida qabul qilish mumkin yoki ularni applikatsion qo’llash mumkin.
Gerpetik stomatit
Odamlarda stomatitga olib kelishi mumkin bo’lgan barcha viruslar orasida, oddiy gerpes virusi ehtimoli eng keng tarqalgan. Bundan tashqari, 10 nafar kattalardan 9 tasi bu virusni tashuvchisidir. Ko’pgina odamlar yoshligida birinchi bor gerpes virusi bilan uchrashadi. Birinchi aloqadan keyin virus inson organizmida butun umr qoladi. Ammo sog’lom immunitet tizimi uning namoyon bo’lishiga to’sqinlik qiladi, shuning uchun ham inson oddiy gerpes virusi tashuvchisi ekanligini bilmasligi mumkin.
Muammolar turli salbiy oqibatlar natijasida immunitetni zaiflashtiradigan bir paytda boshlanadi. Agar bu vaqtda og’iz shilliq qavatiga zarar yetkazilsa, bu ehtimollik yuqori bo’lgan omillar majmui stomatitga olib keladi.
Odatda, kattalardagi gerpetik stomatitda intoksikatsiya sindromi rivojlanishi kuzatilmaydi. Tanglayda, tilda yoki lablarning ichki yuzalarida pufakchalarning shakllanishi birdaniga yuzaga keladi, zudlik bilan ko’p miqdorda bir-biriga yaqin joylashgan pufakchalar hosil bo’ladi. Ko’p o’tmay ular yoriladi, og’riqli eroziya maydonini yaratdi.
Gerpesli stomatitni davolash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
- Og’riqni mahalliy anestetik bilan yo’q qilish.
- Yallig’lanishga qarshi va jarohatni davolash vositalarini qo’llash.
- Antigistaminlarni qabul qilish (kerak bo’lsa, bir-biriga mos tushadigan dorilar).
- Antivirus preparatlarni qabul qilish. Shuni nazarda tutingki, antivirus dori-darmonlarni shifokor maslahatisiz qabul qilish kerak emas.
- Tananing immunitet tizimini tiklash — multivitaminlar kursi, immunomodulyatorlarni qo’llash.
Kattalardagi aftali stomatitni davolash
Aftali stomatit boshlanishining tabiati to’liq aniqlanmagan. Ba’zi shifokorlar, uning kelib chiqishi sababi stafilokokklar deb ta’kidlaydilar. Kasallikning faqat virusga xos xususiyati bor. Ehtimol, aftali stomatit — bu badanning mudofaa tizimida kuchli pasayish natijasida paydo bo’lgan oddiy gerpes virusi bilan bog’liq atipik stomatit shakli. Ushbu turdagi kasallikning o’ziga xos xususiyati — afta deb ataladigan shilliq qavatning ko’rinishi. Bular oq yoki sarg’ish markazli dumaloq shakldagi mayda mayin va yonlari qizargan yarachalardir. Bunday stomatitlar ko’p yillar davomida davom etishi mumkin, bu stomatit turi juda tez-tez qaytalanishi mumkin, ammo og’ir tus olmaydi. Ba’zi hollarda aftalar bir necha hafta davomida shifo topmaydi, shunda kasallik yara-nekrotik shaklga o’tadi. Bu kasallikning og’ir darajasi immunodefitsit, og’ir metalllar bilan zaharlanish, leykemiya, ionlovchi radiatsiya ta’siri kabi ta’sirlar natijasida rivojlanishi mumkin.
Ushbu turdagi stomatitni davolash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga olad
- Toksik moddalarni tanadan chiqarish: 2-3 ml gacha 10% suvli natriy tiosulfat eritmasining in’ektsiyasi yoki ichilishi.
- Lizoztsim, Pirogenal va boshqa shu kabi preparatlar yordamida tananing barqarorligi va moslashuvchanlik qobiliyatini oshirish.
- Vitamin preparatlarini iste’mol qilish, ayniqsa, muhim bo’lgan B vitaminlari, Fe va Zn ionlarining etishmovchiligini bartaraf etishdir.
- Antigistamin preparatlar va shishlarni olib tashlaydigan preparatlar bilan davolash.
- Parhezga qattiq rioya qilish: ko’p miqdordagi tuz, shakar, kislotalar, ziravorlar, qattiq moddalar, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan tiyilish.
- Qayta kasal bo’lib qolgan bemorni to’liq tekshirish kerak, chunki surunkali kasallikning aniqlanmaganligi ehtimolligi yuqori.
Kandidozli stomatit
Stomatitning bunday turi Candida turidagi zamburug’larning og’izda patologik ko’payishdan kelib chiqadi. Ushbu tur zamburug’ og’iz bo’shlig’ida barcha odamlarda aniqlanadi, ammo ba’zi hollarda faol ko’payish bosqichiga o’tishi mumkin, bu patologiyaning rivojlanishiga olib keladi.
Candida zamburug’lar, odatda, OIV yoki sil bakteriyalar, qandli diabet bilan og’rigan bemorlarda yoki immun tizimi zaif, antibiotiklar yoki steroid dorilar bilan uzoq vaqt davomida davolanish fonida insonlarga zarar yetkazadi.
Og’iz bo’shlig’i shilliq qavatining o’ziga xos xususiyati — tanglayda, lunjda, tilning ostida oq parda hosil bo’lishi. Shilliq qavatdagi zamburug’ koloniyalarini mexanik tarzda olib tashlash og’riqli yallig’lanish o’choqlari paydo bo’lishiga olib keladi. Zamburug’ hujayralarining qatlamlari ostida epiteliya shishadi va qizaradi. Kasallik juda rivojlanib ketgan holatlarda, zamburug’li koloniyalar qatlamlari bir-birining ustiga chiqib ketadi, ularning ostida eroziv to’qima hududlari hosil bo’ladi. Bundan tashqari, og’zida zamburug’li infektsiya og’zi burchaklarining yorilishi, so’lak ajralishining kamayishi, ovqat yeyish va gapirish vaqtida achishish va og’riq sezilishi kuzatiladi.
Kandidozli stomatitni davolash strategiyasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Tabletkalar va kapsulalar (Diflyukan yoki Flukonazol, Irunin, Primafungin, Nistatin, Levorin, Kandid yoki Klotrimazol) shaklida og’oz orqali dori vositalarni qabul qilish.
- Zamburug’li infektsiyalarga qarshi (nistatin va levorin moyi, mikonazol-gel) malham va gellardan mahalliy foydalanish.
- Og’iz bo’shligi va protezlarni dezinfektsiyalash (iloji bo’lsa bo’lsa). Ishlov berish natriy bikarbonat eritmasi, 2-4%li gliserin boraks eritmasi, glitserin yodli eritmalar (Lugol, Yodinol) bilan amalga oshiriladi.
- Zamburug’lar geterotroflar bo’lgani sababli, ular uchun oziq moddalarining asosiy manbai oddiy uglevodlar yoki oddiy qilib aytganda iste’mol qiladigan oddiy shakarlardir. Stomatit bilan kurashishning eng yaxshi ta’siri uchun oddiy tarkibdagi uglevodlar (qandolat mahsulotlari, un mahsulotlari va hokazo) yuqori bo’lgan mahsulotlarni ratsiondan vaqtincha chiqarib tashlash tavsiya etiladi.
Og’izda kandidozli stomatitlar tez-tez qaytalanib tursa gastroenterolog yoki endokrinologga murojaat etish kerak, chunki zamburug’li stomatining sabablari organizm faoliyatining buzilishlari natijasida rivojlanishi mumkin.