Bepushtlikni keng tarqalgan sabablaridan biri — bu ayol organizmida progesteron gormonining yetishmovchiligidir.
Progesteron gormoni nima?
Hayz siklini 3 ga bo’lib chiqamiz.
1 — Follikulyar davr — Bunda ayol tuxumdonida follikula rivojlanadi.
2 — Ovulyasiya davri. Birinchi qismda kerakligicha rivojlangan follikula yorilib, undan urug’lanish maqsadida tuxum ajralib chiqadi, ya’ni ovulyasiya yuz beradi.
3 — Lyutein yoki sariq tanacha davri. Bunda ikkinchi qism yakunlangan bo’lib, follikuladan tuxum ajralib chiqqach, u yerda sariq tanacha hosil bo’ladi. Ushbu sariq tanacha urug’langan tuxumni bachadonga o’rnashi uchun va bunga bachadon devorlari tayyor bo’lishi uchun estrogen va progesteron gormonlarini ishlab chiqaradi. Bu davr normada 12-14 kun davom etadi.
Agar tuxum urug’lanmasa, 12-14 kun o’tgach sariq tanacha nobud bo’ladi va keyingi hayz sikli boshlanadi.
Demakki, progesteron gormoni urug’langan tuxumni bachadonga o’rnashib homiladorlikning ilk 12 haftasida to’g’ri rivojlanishi uchun talab etiladigan muhim gormondir.
Progesteron gormonining vazifasi nimada?
Tuxum spermatozoid bilan urug’langandan so’ng, u bachadon tomon harakatlanishi va bachadon devorlariga o’rnashib olishi kerak. Buning uchun bachadon devorlari progesteron va estrogen gormonlari yordamida o’z kimyoviy va jismoniy holatini o’zgartiradi va urug’langan tuxumni ushlab oladi.
Bachadon devorlariga joylashib olgan urug’langan tuxum to’xtamay rivojlanishi uchun ham progesteron gormoni talab etiladi. Homiladorlikning 12 haftasiga qadar aynan progesteron gormoni homilani rivojlanishini ta’minlaydi.
Progesteron yetishmovchiligi homila nobud bo’lishiga, homila tushishiga olib kelishi mumkin.
Progesteron yetishmovchiligi borligiga shubha qildiruvchi alomatlar?
Progesteron yetishmovchiligi qanday aniqlanadi?
Ginekolog hayz siklining aniq kunlarida ayol qoni tarkibidagi progesteron miqdorini aniqlaydi. Progesteron yetishmovchiligi aniqlansa, ovulyasiya davridan boshlab progesteron gormonini qoplovchi dori-vositalar qo’llaniladi.
Muhimi, progesteron yetishmovchiligining asl sababini bilish kerak. Tuxumdondagi o’simta (kista), ayol organizmida androgen miqdorining ko’payishi, endometrioz, mioma va boshqa endokrin-ginekologik kasalliklar progesteron yetishmovchiligiga sababchi bo’lishi mumkin.
Progesteron dori-vositalarini shifokor aytgan davrda va miqdorda qabul qilish shart. Noo’rin qabul qilingan progesteron follikula rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.
Uy sharoitida progesteron yetishmovchiligini qanday aniqlasa bo’ladi?
Hayz sikli necha kun bo’lishidan qat’iy nazar ovulyasiyadan so’ng bo’ladigan lyutein (progesteron ishlab chiqariladigan) davr 12-14 kun davom etishi kerak.
Hayz sikli hammada har xil bo’lishiga follikulyar davr — hayz siklining birinchi davri sababchidir.
Masalan, 25 kunlik hayz siklida follikulyar davr o’rtacha 10 kun davom etib, 11 kun ovulyasiya davri va 12 kundan 25 kunga qadar (13 kun) lyutein davrga to’g’ri keladi. Agar hayz sikli 35 kunlik bo’lsa, u holda follikulyar davr hayz siklining 20-kunigacha cho’zilib, 21 kun ovulyasiya va 22 kundan 35 kunga qadar (13 kun) lyutein davr bo’ladi. Bu normada.
Demak, agar ayol ovulyasiya kunini aniqlay olsa, lyutein davrini topish oson bo’ladi. Ovulyasiya sodir bo’lgan kundan boshlab keyingi hayz siklining birinchi kuniga qadar bo’lgan davr lyutein (progesteron ishlab chiqariladigan) davr hisoblanadi. Mana shu davr 12-14 kundan kam bo’lmasligi lozim. Aks holda, homilador bo’lish yoki homilani ushlab qolish qiyin bo’ladi. Buning uchun ginekolog-endokrinolog tavsiyasiga binoan, qo’shimcha progesteron dori-vositasini qo’llash talab etiladi.
Homiladorlikda progesteron dori-vositalarini qabul qilish natijasida yuz bergan bo’lsa, 12 haftaga qadar ularni to’xtatmaslik yoki shifokor tavsiyasi bilan asta sekinlik bilan kamaytirish tavsiya etiladi. Homiladorlikning dastlabki 12 haftasida progesteron yetishmovchiligi homila tushishi yoki rivojlanmay qolishiga olib kelishi mumkin.