✅ Qalqonsimon bezning me’yoridan ortiq ishlashi Tireotoksikozga olib keladi.
🔴 Bunda organizmda quyidagi o’zgarishlar ro’y beradi.
🔹 Markaziy nerv tizimining qo’zg’aluvchanligi oshadi, odam serjahl bo’lib qoladi, behuda bezovtalanadi, yig’laydi, uyqusi buziladi.
🔹 Tremor ( qo’llar titrashi ) paydo bo’ladi.
🔹 Taxikardiya ro’y berib, arterial qon bosim oshadi.
🔹 Nafas o’zgaradi, o’pkaning minutlik havo almashinuvi ( Ventilyatsiyasi ) ko’payadi.
🔹 Me’da — ichak tizimining harakatlari kuchayadi.
🔹 Ko’z yorig’i va qorachiq kengayadi, hamda ko’z chaqchayadi ( ekzoftalm )