Toshkentdagi Akfa xalqaro universiteti
Toshkentdagi Akfa xalqaro universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Akfa xalqaro
universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori va Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda
“Akfa Medline» MCHJ tashabbusi asosida 2019 yilda tashkil etilgan.
Universitetga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolardan maktab yoki o‘rta maxsus ta’lim muassasini tamomlaganligi haqidagi
hujjati hamda IELTS yoki TOEFL sertifikatlari talab qilinadi. Shuningdek, hujjat topshiruvchi abituriyent eng kam 6.0 ballik IELTS sertifikatiga ega bo‘lishi, bundan tashqari, kirish imtihonlarida kimyo, biologiya va matematika fanidan 20 ta savolli yozma ish topshirishlari kerak bo‘ladi.
Universitetda xorijdan kelgan malakali professor-o‘qituvchilar dars beradi. O‘quv jarayonlarining barchasi ingliz tilida olib boriladi. Akfa universitetida ta’lim 6 yil muddatni tashkil etadi. Bu jarayon 2 yillik tibbiy tayyorlov kurslari va 4 yillik tibbiy kurs dasturlarni o‘z ichiga olgan.
Akfa universiteti Janubiy Koreyaning Ganjon universiteti bilan hamkorlikda uning andozasida tashkil etilgan. Universitetga kimlar hujjat topshira oladi:
mahalliy yoki xorijiy litsey, kollej yoki o‘rta ta‘lim maktabi bitiruvchilari;
Ingliz tilini bilish darajasiga ega talabgorlar;
Ingliz tilini bilish minimum talablari:
IELTS (5.5) yoki TOEFL (55) sertifikatlari;
Sertifikatlar 2018 yil 15 iyundan keyin topshirilgan bo‘lishi lozim;
Universitetning 2020/2021 o‘quv yilida tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha umumiy hisobda 100 ta kvota ajratilgan bo‘lib,
shundan 58 ta o‘rin to‘liq kontrakt hisobida ta‘lim olishsa, 42 ta o‘rin har bir semestrda taqdim etiladigan scholarship
(yengillashtirilgan to‘lov) asosida ta‘lim oladi.
Scholarship jadvali:
1. 2 ta o‘rin (100%)
2. 2 ta o‘rin (75%)
3. 3 ta o‘rin (50%)
4. 15 ta o‘rin (20%)
5. 20 ta o‘rin (10%)
Izoh: Har bir semestrda talabalarning umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari reytingi shakllantiriladi. Eng yuqori
ko‘rsatkichga ega dastlabki 2 ta o‘rindagi talabaning kontraktiga 100% chegirma taqdim etiladi. Ya‘ni, ular kontrakt
summasini to‘lashmaydi! Keyingi 2 ta o‘rindagi talabalarning kontrakt summasiga 75% chegirma taqdim etiladi, ya‘ni
kontrakt summasining faqat 25% qismi to‘lanadi.
Kontraktning umumiy summasi: yillik 58.000.000 (ellik sakkiz million) so‘m / semestr uchun 29.000.000 (yigirma
to‘qqiz million) so‘m;
Barcha hujjatlar universitetning rasmiy ariza berish tizimi orqali onlayn ravishda topshiriladi!
ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH (http://admission.akfauniversity.org/accounts/login/)
Barcha hujjatlar yuqori sifatda skanerlangan bo‘lishi *jpeg formatda bo‘lishi shart!
Kerakli hujjatlar to‘plami:
Passport nusxasi;
Umumiy o‘rta ta‘limni tugatganligini tasdiqlovchi diplom/shahodatnomaning nusxasi;
oxirgi 3 oyda tushirilgan 3.5×4.5 o‘lchamdagi elektron rasm;
Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS/TOEFL)
Qabul jarayoni:
Onlayn ariza topshirish va konsultatsiya: 1 april, 14:00 — 15 iyun, 17:00
Kirish imtihonlari: 24-25 iyun
Kirish imtihonlarining natijalarini e‘lon qilish: 25 iyun;
Shartnoma imzolash: 25 iyun — 10 iyul;
2020/2021 o‘quv yilining boshlanishi: 7 sentab