O’tkir bronxit — bronxlar shilliq qavatining o’tkir diffuz yallig’lanishi bo’lib, aksariyat xollarda infeksiya ta’sirada rivojlanadi va yo’tal xamda nafas qisishi bilan kechadi.
🔹️ Nafas a’zolari kasalliklari ichida o’tkir bronxit 30-40% ni tashkil qiladi.
🔹️ Aksariyat xollarda fasilga sovuq kunlarda, baxor va kuzda, gripp epidemyasida va boshqa respirator kasalliklar vaqtida aniqlanadi.
🔴 Issiq, quruq, yoki sovuq xavo
🔴 Infeksiyon ( viruslar, paragrip, adenovirus, stafilokokk,streptokokk ) kasalliklardan so’ng o’tkir bronxit kelib chiqishi mumkin.
🔴 Allergiya
🔴 Chekuvchilarda
Shuningdek turli xil yuqumli, xususan, qizamiq, ko’kyo’tal,bo’g’ma, ich terlama kasalliklarining asorati sifatida yuzaga kelishi mumkin.
✔ Kasallik boshlanishida
⭕ Umumiy xolsizlik
⭕ Tumov
⭕ Bosh og’rig’i
⭕ Ishtaxa pastligi
⭕ Tomoq qizarishi
✔ Keyinchalik 2 — 3 kundan keyin shilliq balg’amli yo’tal qo’shiladi.
✔ Uzoq davom etgan og’ir xurujli yo’talda balg’amda qon iprlari, ko’krak mushaklarida og’riq payfo bo’ladi.
◾ Odatda, o’tkir bronxitga chalingan bemorlar QVP yoki oilaviy paliklinika sharoitida davolanadi.
◾ Ularga issiq suyuqliklar ( Limon, malinali, asalli choy) ichish tavsiya etiladi.
◾ Jarayon virusli infeksiya bilan bog’liq bo’lsa, ularga qarshi dorilar kasallik boshlangandan keyingi 24-48 soat ichida samarali.
🔹️ Antibiotiklar ( Midekamitsin,Azitromitsin,Amaksitsillin )
🔹️ Immunoglobulin ( Interferon )
🔹️ Balg’am ko’chiruvchi dorilar ( Ambroksal,Ishqorli ingalyatsiya )
🔹️ Bronxlarni kengayturuvchi vosita ( Ipratropium bromid )
Simtomatik davo sifatida xaroratni tushiruvchi va og’riq qoldiruvchi vositalar ishlatiladi.
1. Organizmni chiniqtirish ( Sport bilan shug’ulanish )
2. Chekishdan voz kechish.
3. Yuqori nafas yo’llaridagi surunkali infeksiya o’choqlarini davolash.
4. Atrof-muxit changi va salbiy ta’sir etuvchi gazlardan saqlanish.
5. Grippga qarshi vaksinatsiya o’tkazish.