PАNDА SIMPTOMI – KOʼZ OSTIDАGI QORА DOGʼLАR
Dogʼlarni paydo boʼlishi sabablari:
• Koʼz ostidagi teri qatlamini keskin ingichkalashuvi va uning ostidagi qon tomirlarni aks etishi;
• Kuz osti tomirlarida limfatik va venoz qon oqimini buzilishi;
• Buyrak, jigar va boshqa ichki aʼzolardagi patologiyalar;
• Buqoq bezi faoliyatini buzilishi (gipotireoz);
• Lor aʼzolari (gaymorit, frontit, sinusit, adenoid) patologiyalari;
• Nafas aʼzolari patologiyalari (bronzit, astma).
• Keskin ozish;
• Kompьyuter monitori oldida uzoq oʼtirish;
• Xronik charchash, migrenь, stress, depressiya;
• Аllergiya, atopik dermatit (pardoz anjomlarini notoʼgʼri qoʼllash),
• Quyosh vannalarini dozasi ortishi;
Dogʼlarni qanday yoʼqotish mumkin.

• Kosmetika vositalaridan voz kechish;
• Uy sharoitlarida giyoxlardan tayyorlangan kompresslar (ukrop, romashka, petrushka);
• Sabzavotlardan tayyorlangan kompresslar (kartoshka, bodring 10-15 daqiqa qoʼyiladi);
• Ishlatilgan paketchali choy bilan kompress qilish;
• Koʼz muskullar gimnastikasi (koʼzni yumib yotgan xolatda koʼz bilan aylanma xarakatlar, turli xil shakllarni chizish va boshqalar);
• Qovoq muskullari gimnastikasi (koʼzni tez-tez ochib yumish va boshqalar).
• Limfodrenajli massaj, mikrotokli terapiya, mezoterapiya, elektrostimulyatsiya.
Dogʼlarni qanday yashirish mumkin.
Dogʼlarga qarshi kurash choralari choʼzilib ketganda ularni maskirovka qilib turish talab etiladi. Bu maqsadda tonal kremlar foyda bermaydi. Buning uchun maxsus qovoq uchun krem korrektorlar (konsiler) mavjud. Аmmo korrektorlardan zoʼr berib foydalanish xam teriga salbiy taʼsir etishi mumkin.