Harbiy qism qo‘mondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlarga qanday imtiyozlar beriladi?
Harbiy qism qo‘mondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlarga qanday imtiyozlar beriladi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3394-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qism qo‘mondonligi (rahbariyati) va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyanomasiga asosan, har bir harbiy qismdan bir nafardan, yuqori natijalarga erishgan yosh harbiy xizmatchi qo‘shimcha davlat granti asosida oliy taʼlim muassasalariga qabul qilinadi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom”ida ham harbiy xizmatchilar orasidan yuqori natijalarga erishgan, har bir harbiy qismdan bittadan yosh harbiy xizmatchi harbiy qism qo‘mondonligi (rahbariyati) va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga muvofiq oliy taʼlim muassasalariga tasdiqlangan davlat granti kvotalariga qo‘shimcha ravishda, imtihonlarsiz qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.