Telegramdagi eng zo’r va foydali botlar haqida
Bugungi kunda ommalashishga ulgurgan va insonlar o’z hayotini usiz tasavvur qila olmaydigan dasturlar mavjud. Jumladan Telegram dasturi. U faqat maktublar va xabarlar yozish vositasi emas. Agar uning imkoniyatlari va xususiyatlarini to’liq bilib olsangiz u Siz uchun xazinaga aylanishi aniq. Ushbu maqola yordamida Siz uchun foydali va eng zo’r botlar haqida ma’lumot beramiz.
Ushbu bot orqali Siz   kerakli kitoblarni va audikitoblar arxivini qidirib topasiz.Shuningdek, kerakli audiobook talab qilish imkoniyati ham mavjud.
@Fb2Robot
Ushbu bot matn shriftini o’zgartirishga yordam beradi. U faqat ingliz tilini tushunadi.
@TextMagicBot
Bu bot orqali siz o’zingizni shaxsiy botingizni yarata olasiz. Telegramning rasmiy botlaridan biri.
@BotFather
Bu bot orqali siz telegramdan web matn yaratasiz. Ko’pchilik shu bot orqali web matnlar yaratadi.
@telegraph
Telegramdan turib instagramdagi LIKElar va FOLLOWERlarni ko’paytirish uchun bot.
@instagram_nakrutka_bot
Bu botda siz SPAM bo’lganmisiz yoki yo’qligingizni aniqlay olasiz. Smartfoningiz tili o’zbekcha bo’lsa bot ham o’zbekcha bo’ladi.
@SpamBot
Bu bot orqali esa siz o’zingizni shaxsiy stickeringizni yarata olasiz.
@stickers
Yurtdoshlarimiz tomonidan yaratilgan eng mukammal bot siz ham bahramant bo’ling!
@FurureNet_Uz_Bot
Bu botni yo’nalishi har xil lekin, o’zbek tilida va sodda tuzilgan.
@Dasturobot