💊Diklofenak ampula — Og’riq qoldiruvchi va yallig’lanishga qarshi.
💊 Tabletka , maz ( surtma ) , ko’z tomchi, svetcha ( sham cha ) ko’rinishida ham chiqadi.
#Diklofenak ampula
#Диклофенак ампула
💊Dori shakli : Ineksiya uchun eritma ( ampula) — 2,5 % dozada , 3 ml ampulada chiqariladi.
💊Tarkibi : Diklofenak natriy — 75 mg.
💊Ta’sir qilishiga ko’ra :
Yallig’lanishga qarshi, revmatizmga qarshi vosita. Ogriq qoldiruvchi.
💊Qo’llanilishi 👇
— Revmatik kasalliklarda
— Revmatoid artritda , osteoartrozda
— Bo»g’imlar yallig’lanishi va og’rig’ida
— Umurtqa pog»onasi og’rig’ida
— Bo’g’im atrofidagi yumshoq to’qimalarning revmatik kasalliklarida
— O’tkir podagra xurujida
— Yallig’lanish va shish bilan kechuvchi jarohatdan keyingi va operatsiyadan keyingi og’riqlarda.
— Og’ir kechuvchi migren xurujlarida
— Buyrak va o’t pufagi sanchiqlarida
— Boshqa og’riqli xolatlarda
— Bel og’rig’ida
— Suyaklar qaqshab og’rishida
💊Qabul qilish usuli 👇
Faqat mushak ichiga yuboriladi ( esda saqlang ). Sutkasiga 1 — 2 marta gacha ( og’riqli xolatlarda ).
💊Nojo’ya ta’siri 👇
— Bosh og’rig’i , bosh aylanishi
— Qon bosimi oshishi
— Uyquchanlik , charchoq
— Ko’ngil aynish , qusish
— Diareya , qorinda og’riq
— Teri toshmalari
— Ineksiya joyida og’riq
❌Qabul qilish mumkin bo’lmagan holatlar :
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Me’da ichak yarasida
— Me’da ichak ning teshilish xolatida va qon ketish xolatlarida
— Xomiladorlik davrida mumkin emas ( esda saqlang )
— Og’ir darajadagi buyrak va jigar yetishmovchiligida
— O’tkir rinitda
— Kvinke shishida mumkin emas.
— Yurak og’ir yetishmovchiligida
— Ichakning yallig’lanish kasalliklarida
— Kron va yarali kolit kabi ichak kasalliklarida mumkin emas.
— Bolalar va 18 yoshdan kichik larga mumkin emas.
— Organizm suvsizlangan holatlarda
— Operatsiyadan keyingi holatlarda qon ketish xavfi yuqori bo’lganda.
— Aortakoronar shuntlash va yurakda o’tkazilgan boshqa operatsiyadan so’ng kuzatiladigan keyingi og’riqlarda qo’llash mumkin emas.
💥ESLATMA:
Diklofenakni preparatini emizikli ayollarga qo’llashga to’g’ri kelganda darrov bolani emizishni to’xtatish talab qilinadi. Davolanish kursi tugagach emizishni yana 2 — 3 kundan keyin ( ta’siri organizmdan ketgach ) davom ettirish mumkin.
Yana bir muhim va kerakli ma’lumot sifatida diklofenak ampulasi ni yoki tabletkasini , tarkibi diklofenak bo’lgan boshqa og’riq qoldiruvchi vositalarni doimiy jig’ildon qaynashi ( zarda qaynashi ) bor bemorlarga va doimiy oshqozonida kislotalilik baland yuradigan kishilarga diklofenak preparatlari tavsiya etilmaydi ( esda saqlang ).