Eng oddiy elektr zanjir ham bir necha asbob va qurilmalardan iborat bo’ladi. 54-rasmda tok manbai, kalit, ampermetr, lampa va reostatdan iborat bo’lgan elektr zanjir tasvirlangan. Manbadan chiqqan elektr toki kalit, ampermetr, lampa va reostat orqali о tadi. Asboblarning bunday ulanishi ketma-ket ulash deyiladi. Ketma-ket ulashni o’rganamiz. 1. Ketma-ket ulangan zanjirda tok kuchi. Asboblar ketma-ket ul- angan zanjirning istalgan nuqtasida tok kuchi bir xil bo’Iadi. Agar shunday bo’lmaganda edi, elektr zaryadlar biror joyda to’planib qolardi. Bu suvquvur tarmog’idagiga o’xshaydi: bir joydan qancha suv oqib o’tsa. boshqa joydan ham shuncha suv oqib o’tishi kerak.
Zanjirning hamma nuqtalarida tok kuchi bir xil bo’lishiga tajribada ishonch hosil qilish mumkin. Ketma-ket ulangan zanjirning turli joylariga ampermetrlar ulaymiz. Bu 55-rasmda uchta ampermetr yordamida ko’rsatilgan. Bu ampermetrlar bir xil tok kuchini ko’rsatadi.
Shunday qilib,
I1 = I2 = I3 = … In . (1-formula)
2. Ketma-ket ulangan zanjirdagi kuchlanish. 56-rasmda tasvirlangan elektr zanjirni yig’amiz. Lampa, isitkich, spiral va reostatga ulangan voltmetrlarning ko’rsatishlari har xil. Ammo U1, U2, U3 va U4 kuchlanishlarni qo’shib, ularning yig’indisi umumiy kuchlanishga teng bo’lishini ko’ramiz:
U1 + U2 + U3 + U4 = U.
To’rtta iste’molchi emas, balki n iste’molchi ketma-ket ulangan bo’lganda ham, butun zanjirdagi kuchlanish alohida qismlardagi kuchlanishlarning yig’indisiga teng bo’ladi:
U = U1 + U2 + U3 + … Un .(2-formula)
Shunday qilib, ketma-ket ulangan zanjirdagi umumiy kuchlanish uning har bir qismidagi kuchlanishlar yig’indisiga teng. 3. Ketma-ket ulangan zanjirning qarshiligi. Tajribalardan quyidagilarni bilib oldik:
a) ketma-ket ulangan zanjirning hamma qismlaridan o’tuvchi tok kuchi bir xil. (1-formula)
b) ketma-ket ulangan zanjirning alohida qismlaridagi kuchlanishlar yig’indisi butun zanjirdagi kuchlanishga teng. (2-formula)
Ketma-ket ulangan zanjirning qarshiligini topish uchun butun zanjirga va uning har bir qismiga Om qonunini qo’llaymiz:
U = RI; U1 = R1I; U2 = R2I; U3 = R3I; … , Un = RnI.
Kuchlanishlarning topilgan qiymatlarini (2) formulaga qo’yamiz:
RI =R1I + R2I + R3I + … + RnI.
Oxirgi munosabatni I ga qisqartirib:
R = R1 + R2 + R3 + … + Rn.
formulani hosil qilamiz, ya’ni ketma-ket ulanganda zanjirning qarshiligi unga ulangan iste’molchilar qarshiliklarining yig’indisiga teng. 4. Ketma-ket ulashga oid misollar. Ketma-ket ulash texnikada keng qo’llaniladi. Masalan, elektr qo’ng’iroq bilan tugma ketma-ket ulanadi. Shuning uchun qo’ng’iroq zanjir ulangandagina chalinadi. Elektr uzgich (viklyuchatel) o’zi ulashi va uzishi kerak bo’lgan asbob bilan ketma-ket ulanadi. Archa bezagidagi (girlyanda) lampachalar ham ketma-ket ulanadi.
Asboblarning ketma-ket ulanishiga oid misollarni juda ko’p keltirish mumkin. 5. Ampermetrning qarshiligi qanday bo’lishi kerak? Ampermetr zanjirdagi tok kuchini o’lchash uchun mo’ljallangan va shuning uchun zanjirga tok kuchi o’lchanishi kerak bo’lgan qism bilan ketma-ket ulanadi. Ampermetrning ulanishi zanjirdagi tok kuchini o’zgartirmasligi kerakligi mutlaqo ravshan. Bu hol ampermetrning qarshiligi juda kichik bo’lgandagina amalga oshadi.
Manba: Fizika 7-sinf o’quv qo’llanmasi
Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2002