E harifi bilan boshlanadigan tush tabirlari
tush-tabiri
tush-tabiri
E
 
Egarchi- to’g’ri so’z 
Egat- rizq 
Egizaklar- muhabbat, ishonch 
Egov- dushman 
Elak- boylik 
Emaklash- gadolik
Eman darahti-shubha 
Emizikliona- yahshi sharoit 
Enaga-yordam 
Epkin-tashvish 
Erkak bilan salomlashish-rivoj 
Eskifurush-aldov 
Etik-manfaat 
Echki- me’ros 
Eshak- martaba 
Eshik- bahs,habar,g’am 
Eshitmoq(nimanidir)- habar 
Ehrom- umr
Egar. U tushda g’am-tashvish va qiyinchilikning ketishi hamda safar taraddudini ko’rishga dalolatdir.
 
Egarchi. Uni tushda ko’rish o’z ishiga puxta, dono odamga dalolat qiladi.
 
Ezmoq, bosmoq. Kim tushida boshini bir toshga bosganini ko’rsa, u xuftonni o’qimay uxlab qoladi.
 
Ekin. Kim tushida ekin ekkanini ko’rsa, ayoli homilador bo’ladi. Ekinning yonishi ochlik va qahadchilik.
 
Ekinzorlarga olov tushishi. Aytadilarki, agar xirmon, omborlar va ekinzor yerlarga olav tushsa, o’simliklar yonib ketadi yo sovuq uradi yoki chigirtka tushadi.
 
Ekilgan rayhon. Agar rayhon o’sib turgan joyida ko’rilsa, u rohat-farog’at yoki turmush o’rtoq yoki farzandga dalolat.
 
Emishlik. Agar kimdir emsa, emuvchiga ham, emizuvchiga ham yaxshilik yo’q. Chunki emizish xorlik, xafalik va qamalishga dalolat qiladi.
 
Erkak kishi. Uni yushda ko’rish fazl va kenglikka dalolat qiladi. Chunki Alloh er kishini fazilatli yaratgan.
 
Erkaklar jinsiy a’zosi. Agar mazkur narsani ko’rgan odam xotin kishi bo’lsa, eridan ajrashadi.
 
Erta tong. U rizqi ulug’ yoki turmushga chiqqan qizlarga dalolat qiladi. Ba’zan esa zikr qilish va Qur’on o’qishga dalolat qiladi.
 
Esi past. Kim tushida esi past bo’lsa, nodon bo’ladi.
 
Eski kiyim. Eski kiyim g’amdir. Kim ikki eski libosni ustma-ust kiyganini ko’rsa, o’ladi. Libos eniga qarab yirtilgan bo’lsa, obrusi ketadi. Agar ayol libosini eskirgan, kalta holda ko’rsa, umri qisqa bo’lib, avrati ochiladi. Kim o’z ziyoniga yurib ko’ylagini yirtsa, yaqinlari bilan janjallashadi. Agar eskirgan liboslarini ustma-ust kiysa, o’g’li faqir bo’ladi.
 
Eskifurish. U o’rtahol kishidir, undan sotib olish faqirlikka, sotish esa faqirlikning ketishiga dalolat qiladi.
 
Etik. Kim uni oyog’ida ko’rsa, tashvishdir. Kim etik bilan birga ustiga yangi to’n ham kiysa, holi yaxshi bo’ladi.
 
Etikdo’z. Uni ko’rish nikoh o’quvchi odamga, shuningdek hizmat va safarga dalolat qiladi. Notanish etikdo’zni ko’rsa, adolatli meros taqsim qiluvchi kishini ko’radi.
 
Eshiklar. Ibn Sirin aytishicha, ochiq eshiklar rizqqa dalolat qiladi.
 
Eshik ostonasi. Eshik ostonasi, halqasi xotin va xodimga dalolat qiladi. Ammo uni tik qilib turuvchi narsalar ko’pincha o’g’il bolalarga, qullarga yoki aka-ukalarga qiyoslanadi.
 
Eshik tanbasi, lo’kidon. Tushdagi eshik tanbasi uyni daydi itlar va boshqalardan himoyalaydigan odamga dalolat qiladi.
 
Ehromlar. Tushda ehromlarni ko’rish turli fanlarni himmat bilan talab qilishga, shuningdek, uzoq umrga, o’yin-kulgu qiladigan joylarga, raqslar, ichkiliklar bo’ladigan joylarga dalolat qiladi.
 
Ehson. Tushda ehson qilish najot topishga dalolatdir.