Joriy yilda test sinovlari 2 ta fandan boʼladi 2020 yil
Joriy yilda test sinovlari 2 ta fandan boʼladi
Bu haqda Bosh vazir oʼrinbosari Behzod Musaev boshchiligida oʼtgan brifingda maʼlum qilindi.
Unga koʼra, joriy yilda istisno ravishda 3ta majburiy fanlardan (ona tili, Oʼzbekiston tarixi va matematika) test boʼlmaydi.
Faqat 2ta mutaxassislik fanidan test olinadi.
Shunda ballar quyidagicha belgilanadi:
1-blok — 30 ta savol, har bir toʼgʼri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball toʼplash mumkin.
2-blok — 30 ta savol, har bir toʼgʼri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.
Joriy yil test sinovlarida xuddi oʼtgan yilgidek maksimal 189 ball toʼplash mumkin.
Test savollarini ishlash va javoblarni belgilash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.