Tushingizda o’z tanangizda jaroxat borligini ko’rsangiz — yaqinlaringizdan biri sizning ma’naviy azob chekishingizga sababchi bo’lib qoladi. Agar siz yaqinlaringizdan birini yarador qilib qo’yganligingiz tushda ko’rinsa — bu ogohlantirish ehtimol, sizning dushmanlaringizdan biri nojuya kirdikor bilan ig’vo qiladi. Tushda jarohatni davolash — o’ngda yaxshi xabar eshitishdan ayon etadi. Tushda yarador kaptarni ko’rish — tinchlikka xavf bo’lishidan darak beradi. Agar tushingizda sizni kimdir pichoq yoki xanjar bilan yarador qilsa — o’ngda soxta do’stlaringizdan extiyot bo’ling. Ularning yovuzona tillari sizning yuragingizga jaroxat yetkazishi mumkin. Tushda qon okib turgan jaroxatni ko’rish — o’ngda vijdon azobini kechirishni bildiradi. Chuzilib ketgan jarohatdan qon oqa boshlaganini tushda ko’rish — extiyot bo’lish kerakligi alomatidir. Mayib bo’lish va yo’l xalokatidan extiyot bo’ling.