Quduq — cheksizlik, sirlar, sog’lomlashtirish, kelajakni bashorat qilish alomatidir. Tushda issiq chulda quduqni ko’rish — samimiy qalb egasi bo’lgan kishini uchratish alomatidir. Quduqdan suv tortib olayotganlikni tush ko’rish — o’ngda o’z qiziqishlaringizni qoniqtira olishingiz belgisidir. Qurib qolgan quduq tushga kirsa, ogoh bo’ling, sanoat chiqindilari bilan zararlangan suv hayot uchun yaroqli bo’lmaydi. Agar tushingizda quduq suviga yuvinayotgan bo’lsangiz, demak, uzoq, davom etadigan va darmonni kuritadigan kasallikdan shifo topib ketasiz. Quduqda tushib ketayotganingizni tushingizda ko’rsangiz — yaqin vaqtlar ichida siz kutilmagan xabardan qattiq hayajonga tushasiz yoki qo’rqib ketasiz. Quduqda yulduzni ko’rish — bunday tush sizning shubhasiz, omad egasi, nima uylasangiz usha ro’yobga oshinshdan darak beradi. Agar tushingizda quduq kavlayotgan bo’lsangiz, demak, siz haqiqiy boylikni qidirayotganingizni bildiradi. Quduqda loyqa suvni tushda ko’rish — buni kasallik va hayotiy quvvatni yo’qotishga yuyish mumkin.