Qoyada o’tirgan odamni tushda ko’rish, uzoq kelajakda tush ko’ruvchi hayotida misli ko’rilmagan voqealar ro’y berib, uning hayotini tubdan o’zgartirib yuborishini bildiradi. Tushda yovuz, zuravon kishini ko’rish, bu hokimiyatga zolim odam kelib, yer yuzasiga urush, ochlik va qashshoqlik olib kelishi alomatidir. Agar tushingizda qashshoq odam ko’rinsa, kelajakda siz katta ko’ngilsizlikka duchor bo’lib, natijada, butun mol-mulkingizdan, boshpanangizdan va sodiq do’stingizdan ajralishingizdan dalolatdir. Agar siz tushingizda bir talay qashshoqni ko’rsangiz, bu ko’pgina xalqlar qashshoqlikda hayot kechirishini bildiradi. Badavlat kishini tushda ko’rish — yaxshi alomatdir. Sizni yaqin kishilaringiz davrasida kam-ko’stsiz hayot kutadi. Agar tushda ko’plab o’ziga to’q odamlar namoyon bo’lsa — butun dunyo xalqlarining baxtiyor hayot kechirishiga ishora. Agar tushingizda yarador kishini ko’rsangiz, bu demak, sizga yaqin kishilardan birining nafaqat uy-joyidan, moddiy boyliklaridan, oilasidan ajralishi, balki o’zining ham jiddiy jarohat olishini ayon etadi.