WiFi router tanlash: 2,4 GHz yoki 5 GHz?
WiFi router tanlash: 2,4 GHz yoki 5 GHz?
#foydali
Hozirgi kunda Wifi routerlar, ikki hil chastotada ishlashga mo’ljallangan qilib, ishlab chiqarilmoqda, yoki 2,4 GHz, yoki 5GHz, yoki ham 2,4 ham 5 GHz. Bu axborotni router karobkasida yoki xarakteristikasida ko’rishingiz mumkin.
Chastota o’zi nima?
Qisqa qilib aytadigan bo’lsam, havo orqali tarqaladigan to’lqinlar bir-biriga halaqit bermasligi, bir-birini so’ndirmasligi uchun har xil darajada tarqaladi, shu daraja chastota deyiladi, ya’ni fizik tilida aytadigan bo’lsam, ma’lum bir vaqt davomida tebranishlar soni.
Qo’polroq, lekin tushunarli misol qiladigan bo’lsam, samalyotlar bir-biriga urilib ketmasligi uchun, har xil balandlikda uchishadi, bu ham shu.
2,4 GHz chastota eng ommabopi hisoblanadi, chunki bu chastotada WiFi routerdan tashqari, yana mikrovolnovka, radio telefon va boshqa zamonaviy qurilmalar ham ishlaydi, demak bu chastotaga talab katta.
2,4 GHz chastotada ishlashning afzalliklari:
🔹Barcha qurilmalar bu chastotani qabul qila oladi.
🔹Ulanish nuqtalari juda ko’p.
🔹Katta quvvatli signal.
🔹Har xil to’siqlardan bemalol o’tib keta oladi.
Kamchiliklari:
🔻Diapazonga talab katta, shu sababli bir-biriga halaqitilar paydo bo’ladi, natijada uzilishlar bo’lib turadi.
5 GHz chastotadan foydalanadigan qurilmalar kam, shu sababli bu chastota orqali stabil internetga erishish mumkin, faqat signalni to’suvchi devor, eshik kabilardan holi joy bo’lishi lozim, chunki bu chastota to’siqlarga juda sezgir.
5 GHz chastota afzalliklari:
🔹Diapazonda yuklama kam va stabil signalga erishish mumkin.
🔹Chastota kanallari soni ko’p.
🔹Uzatish tezligi katta.
Kamchiliklari:
🔻To’siqlarga chidamsiz.
🔻Bu chastotani barcha qurilmalar qabul qila olmaydi.
🔻Tarqalish radiusi kichik.
Demak, kimga qaysi chastotada ishlash qulay?
Ko’p qavatli uylarda, 2,4 GHz chastotaga talab juda katta, har bir honadonda WiFi nuqtalar, elektr choynaklar, radio telefonlar mavjud va bu signalni nostabil holatga olib keladi. Shunday ekan, bu foydalanuvchilar ham 2,4, ham 5 GHz chastotali router olgani yaxshi, dastlab 2,4’da ishlab tekshiriladi, stabillik bo’lmasa 5 GHz chastotaga o’tib olishadi. Darhol 5 GHz chastotalik router olib qo’ymang, chunki honadoningizda to’siqlar borligi esingizdan chiqmasin.
Hovlilarda, 2,4 GHz chastota bilan muammo bo’lmasa kerak, ular uchun shu tanlov yaxshiroq.
☝️Ko’pchilik, bu xarakteristikaga ahamiyat bermay router sotib oladi, so’ng internet provayder bilan urishib yuradi, nimaga internet stabil emas deb? Keyin kabel orqali internetga ulanilsa, hammasi joyida ekanligiga guvoh bo’ladi. Shunday ekan, stabillikni tekshirish uchun, dastlab kabel orqali internetga ulanib tekshiring, balki muammo WiFi routerdadir?