Qishda aksariyatimiz mashinamizni garajda, avtoto‘xtash joyida yoki hovlida qoldirib jamoat transportida yurishga intilamiz. Avtomobil uzoq vaqt harakatsiz tursa qanday choralar ko‘rish lozim?
Bir joyda turish va namlik natijasida tirqishlarni berkitib turuvchi qoplama hamda tagliklarga zarar yetishi mumkin. Ushbu qismlarni tekshirish lozim.
Harakatsizlik natijasida benzin, moy va antifriz xavfsiz ekspluatatsiya xususiyatlarini yo‘qotadi. Avtomobil ishdan chiqmasligi uchun ularni almashtirish lozim.
Harakatsizlik natijasida yuzaga keladigan kutilmagan nosozliklarning oldini olish uchun hech bo‘lmaganda 2 oyda 1 marta mashina haydab turish kerak.