Yoqilg‘i darajasi indikatorining (o‘lchagich) chirog‘i yonguncha kutish shartmi?
Zamonaviy avtoulovlarning benzin nasoslari bak ichida joylashgan bo‘lib, uni benzin sovutib turadi. Agar benzin darajasi past bo‘lsa, nasos qizishi kuchayadi. Shu sababli doimo qo‘shimcha yoqilg‘i g‘amlab yurish lozim.
Shuningdek, benzin kamligi bak tubida ifloslanishdan qolgan cho‘kindilarning benzin nasosiga tushish xavfini tug‘diradi.
Deyarli bo‘sh bak bilan yo‘lga chiqish chiqarish tizimi katalizatoriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Agar avtoulovingiz sizga uzoq vaqt xizmat qilishini istasangiz, benzin oxirlab qolguncha kutmang, o‘z vaqtida yoqilg‘i quyib yuring.