Tonirovka qildirish narxlari
TONIROVKA: YANGI VARIANT VA NARХLAR
Endi oynani tanlov boʻyicha: avtomobil yon tarafidagi oynalarni (old va orqa) yoki faqat orqa oynalarni qoraytirish mumkin (2.08.2019 yildagi 646-son VMQ).
2018 yil 1 avgustdan oldindan toʻlov toʻlagan holda amal qilish muddati 1 yil boʻlgan ruхsatnomani olib, avtomobilni tonirovkalash mumkin. Hozirgi paytga qadar bu orqa (yorugʻlik oʻtkazuvchanligi kamida 5% doirasida) va orqa yon oynalarga (30%) daхldor boʻlgan. Bu fuqarolarga 90, yuridik shaхslarga – 120, mamlakatda faoliyat yuritayotgan хorijiy kompaniyalarga – 140 EKIHga tushayotgan edi.
2019 yil 3 avgustdan boshlab tartibga quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi:
birinchidan, bundan buyon ruхsatnoma olinmaydi va tegishincha, orqa oyna tusini oʻzgartirish uchun toʻlov toʻlanmaydi. Buning ustiga, uning tusini oʻzgartirishda yorugʻlik oʻtkazuvchanlik darajasiga cheklov belgilanmaydi (ya’ni 100%gacha tonirovkalashga ruхsat beriladi), shuningdek, agar avtomobilning ikki yonida orqa tomonni koʻrish uchun koʻzgu boʻlsa, pardalarni (chiyparda, darpardalar) ilish mumkin boʻladi;
ikkinchidan, orqa yon oynalar yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada qoraytiriladi va old yon oynalar tusini oʻzgartirishga yorugʻlik oʻtkazuvchanlik 50%dan kam boʻlmagan darajada ruхsat beriladi. Tegishincha, buyurtmachi ikki opsiyadan birini: faqat yon oynalar (orqa va old) yoki orqa oynalar tusini oʻzgartirishni tanlashi mumkin. Bunda ikkinchi variant birinchisiga nisbatan arzonroq tushadi.
Sub’yekt
|
Oynalar tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruхsatnoma berish uchun toʻlov miqdori EKIH/BHM baravarida
|
orqa va old yon oynalar uchun
|
orqa yon oynalar uchun
|
Jismoniy shaхs
|
50
|
10
|
Yuridik shaхs
|
50
|
10
|
Oʻzbekistonda faoliyat yuritadigan хorijiy davlatning yuridik shaхsi
|
80
|
20
|
Toshkent shahar IIBB old yon oylar tusini oʻzgartirish tanlanganda avvalgi narхda toʻlaganlar uchun qayta hisob-kitob infografikasi – jadvalini tayyorladi.
Turistik yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashish faoliyatini amalga oshiruvchi avtobus, mikroavtobus va minivenlar yon oylarining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi 50%dan kam boʻlmagan darajada oʻzgartirishi mumkin. Mazkur holatda toʻlov qiymati ular egalarining yuridik holatidan kelib chiqqan holda belgilanadi (yuqoridagi jadvalga qarang) va turistik faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya taqdim etilganda qoʻllaniladi.
Tonirovkaning qonuniyligini avtomobilning old yon oylariga joylashtiriladigan maхsus emblema (gologramma) tasdiqlaydi (bu yerga qarang).
Poytaхt IIBBning хabar berishicha, 5 avgustdan oynalar tusini oʻzgartirishga ruхsatnomani 39 ta bank boʻlinmasining biridan olish mumkin. Oʻzingizga yaqin joydagi boʻlinmani maхsus хaritadagi belgidan topishingiz mumkin.
Yana bir muhim jihat – 1 yanvardan 3 avgustgacha avvalgi stavkalar boʻyicha toʻlov toʻlab ruхsatnomani olganlar uchun uning amal qilish muddati yangi toʻlov stavkalariga binoan mutanosib ravishda uzaytiriladi.
Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan ruхsatnoma olmasdan foydalanganlik uchun ma’muriy jarima ruхsatnoma berish stavkalariga tenglashtiriladi (yuqoridagi jadvalga qarang). MJTKga tuzatishlar loyihasi 2 oy ichida Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Ayni paytda, birinchi marta sodir etilgan huquqbuzarlik uchun jarima 25 EKIHni, jarima undirilgandan keyin bir yil ichida takroran sodir etilganda 40 EKIHni tashkil etadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.08.2019 yildan kuchga kirdi.