Sut qatlamini olib tashlaymiz
Аksariyat hollarda goʼdaklar hayotining birinchi yilida, bosh qismida, sochlar tagida sarigʼimtir, oqimtir, qazgʼoqlar paydo boʼlishi kuzatiladi. Bu sut qatlami deb ataladi. “Sut qatlami” paydo boʼlganda goʼdakning ota-onasi pediatr bilan maslahatlashishi kerak. Аgarda pediatr bu holatni boshqa bir kasallik (masalan allergiya) bilan bogʼlamasa, siz ulardan osongina qutulishingiz mumkin.
Koʼchmagan qazgʼoqlarni kuch bilan olib tashlash tavsiya etilmaydi. Shunchaki keyingi choʼmiltirishdan avval bu harakatni qaytaring.
Sizga quyidagilar zarur boʼladi:
Goʼdak yogʼi
Koʼpik-shampun
Yangi tugʼilgan goʼdak uchun maxsus moʼytaroq
Boshlaymiz:
Kechki choʼmiltirishdan taxminan 1-1,5 soatlar oldin goʼdak boshiga yogʼ surtib chiqing. U bosh terisini yumshatadi.
Kechki choʼmiltirish paytida koʼpiklik shampun bilan yuvib tashlang.
Choʼmiltirgandan soʼng maxsus moʼytaroq bilan astalik bilan tozalab tashlang.
Moʼytaroq koʼrinishi: