Qabul kvotalari tasdiqlandi
“2020/2021 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to’g’risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Prezident qarori bilan 2020/2021 o’quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi:
bakalavriat:
— kunduzgi ta’lim shakliga – 103 575 nafar;
— sirtqi ta’lim shakliga – 31 350 nafar;
— kechki ta’lim shakliga – 5 025 nafar.
magistratura – 10 425 nafar.