Pardoz buyumlarini uzoq saqlash sirlari
Har bir ayol oʼziga yoqqan maʼlum bir kosmetika vositasi uzoq xizmat qilishini istaydi va buning uchun qoʼlidan kelgancha harakat qiladi. Аmmo shunday usullar borki, ular siz yaxshi koʼrgan lak, tush, lab boʼyogʼingizni sifatini buzmasdan, yaxshi saqlanishiga yordam beradi.
Qorongʼulik – atirlar doʼsti. Ochilganidan bir yildan ziyod vaqt oʼtgan atirni ishlatmaslik kerak, deydi mutaxassislar, ammo ayrim qoidalarga amal qilinsa, bu muhlatni maʼlum vaqtgacha uzaytirish mumkin. Quyosh atirlarning ashaddiy dushmani xisoblanadi. Shu sababdan ularni qorongʼu joyda saqlash kerak. Bu qoidaga amal qilsangiz, sevimli atiringiz sizga besh yilgacha xizmat qiladi.
Kremga muzlatgich yoqadi. Har doim kremni past darajali haroratda saqlash lozim. Buning uchun kremni muzlatkichga solib qoʼyish kifoya. U yerda ulardagi foydali xususiyatlar ikki karra koʼproq saqlanadi. Darvoqe, muzlatkichdagi harorat 10 darajadan past emasligiga ahamiyat bering.
Qalamni tezlashdan oldin. Koʼz, qosh va lab uchun moʼljallangan qalamni tezlash oldidan oʼn daqiqaga muzlatkichga solib qoʼysangiz, muolaja paytida qalam maydalanib ketmaydi.
Zaytun moyi tonal kremini «jonlantiradi». Qotib qolgan tonal kremini idishiga bir necha tomchi zaytun moyini solib, avvalgi holatiga keltirish mumkin. Umuman olganda, zaytun moyi nafaqat tonal kremi, balki qotishga moyil boʼlgan barcha kosmetika vositalarini yangidan «jonlantirish» xususiyatiga ega.
Lakning vazelinga nima aloqasi bor? Аgar lak shishasining ustki qismiga vazelin surtib qoʼyilsa, idish chetlari qotib qolmaydi, lak ham sifatini yoʼqotmaydi. Bundan tashqari, lakni ishlatib boʼlgandan keyin idish ogʼzini yaxshilab yoping. Ushbukosmetika vositasini uyning quyosh tushmaydigan salqin va qorongʼu burchagida saqlang. Muzlatkich bundan mustasno, aks holda tirnoq boʼyogʼingizni ahlatga tashlayvering.
Lab boʼyogʼi sinib qolsa. Yaxshi koʼrgan lab boʼyogʼingiz yehtiyotsizligingiz tufayli sinib qoldimi? Uni darrov axlat qutisiga tashlashga shoshilmang. Fen yordamida boʼyoqning singan tomonini ozgina eritib, joyiga yopishtiring va qayta ishlatishdan avval 12 soat muzlatkichga solib qoʼying. Darvoqe, uy haroratida saqlangan lab boʼyogʼi ikki yil xizmat qilishi mumkin. Idishi ochilmagan lab boʼyogʼini muzlatkichning dori solib qoʼyadigan qutisida saqlash tavsiya etiladi.
Tushning «umri» necha oy? Qotib qolgan tush bir emas, bir nechta qizlarning kayfiyatini buzgan boʼlsa ajab emas. Tushkunlikka tushishga shoshilmang, shunchaki tushni bir necha daqiqa issiq suvda ushlasangiz bas. Tushni har 3 oyda oʼzgartirib turish kerak. Negaki, bu vaqt mobaynida tush anchagina bakteriga toʼplashga ulguradi. Natijada konyuktivit kasalligini orttirish xavfi bor. Yana bir narsa: bu kasallikning oldini olish uchun har zamonda tush choʼtkasini issiq suvda yuvib turish yodingizdan koʼtarilmasin.