Jigarrang qalam – pardozda och jigarrang, qaymoqrang yoki bronza rangiga yaqin lab bo’yoqlaridan foydalansangiz, jigarrang qalam tanlaganingiz ma’qul. Bunday qalamlar hozir urfda bo’lmasa-da, pardozingizga moslab ishlatsangiz bo’ladi.
Yorqin lab bo’yog’idan foydalansangiz, qalamning rangi bilinmasligi kerak. Buning uchun oqish rangli qalamlar tanlanadi.
Suvga chidamli qalamlar – rangiga ko’ra turli xil bo’lib, asosan, oqshom yoki biror tadbirdan avval foydalaniladi. Bir marotaba surilgach, 7-8 soat saqlanib turadi.
Asosiysi, lab hoshiyasiga qalam totrgach, u bilan labning ichkarisining ham hiyol bo’yab olishni unutmang. Pardozda lab chetidagi hoshiya sezilmasligi kerak.