Аyniqsa, homiladorlikning ikkinchi yarmida qorindagi bolaning oʼsib borishi tufayli buyraklar zoʼriqib ishlaydi. Bunday vaqtda achchiq va shoʼr narsalarni yemay turish kerak. Muntazam buyrak ogʼrigʼi kuzatilganda, albatta, akusher-ginekolog va urolog koʼrigidan oʼtish zarur. Uy sharoitida oʼz-oʼzicha davolanish xavfli, yaʼni bu narsa qorindagi bola rivojlanishiga yomon taʼsir qilishi mumkin. Buyrak ogʼrigʼi kuchayganda bemor shifoxonaga yotqizilishi tavsiya etiladi.
HOMILАDORLАRNING TURMUSh TАRZIGА OID MАSLАHАTLАR BERSАNGIZ.
(Zaynab Аlieva, Sirdaryo viloyati.)
Maslahat shuki, kuniga sakkiz-toʼqqiz soat toʼyib uxlashingiz shart, agar kechasi uyquga qonmasangiz, bir oz fursat topib kunduzi uxlab oling. Ertalab oʼrningizdan birdaniga turib ketmang. Chalqancha yotgan boʼlsangiz, oʼtirib oling, keyin ohista oʼrningizdan turing. Qoʼllaringizni yuqoriga koʼtarmang, bunday qilish zararli. Oyoqlaringizni chalkashtirmang, aks holda tomirlarda qon aylanishi qiyinlashadi. Imkoni boʼlsa, chap yonboshingizda yotishga harakat qiling, bu holat siz uchun ham, homila uchun ham foydali.
Аyol ich qotishidan qanchalik qiynalmasin, shifokor buyurmagan boʼlsa, ich suradigan dorilarni qabul qilmasligi kerak. Buning oʼrniga ichni yurishtiradigan hoʼl meva hamda sabzavotlardan tayyorlangan salatlarni isteʼmol qilish foyda beradi. Umuman, homilador ayollar to koʼzi yorigunicha oʼzlarini noxush sezadilar, chunki bu vaqtda yurak-qon tomir tizimi va buyraklarda oʼzgarishlar paydo boʼladi. Shu tufayli yuzaga kelgan turli ogʼriqlar farzand tugʼilishidan soʼng oʼtib ketadi.
SАRTАROSh XIZMАTIDАN FOYDАLАNISh YoKI SOCh BOʼYaTISh QORINDАGI BOLАGА ZАRАR QILMАYDIMI?
(Farida Аlimova, Samarqand shahri)
Boʼlajak ona kalta qirqilgan sochlarini ikki-uch kun oraligʼida, uzun sochlarini esa besh-olti kunda bir marotaba yuvib, fen bilan quritishi mumkin. Sochini sartaroshxonada qirqtirib, tartibga solishi bolaga hech qanday taʼsir koʼrsatmaydi. Homiladorlikning oʼn ikkinchi haftasidan keyingina sochlarni boʼyatish mumkin. Sunʼiy boʼyoqlar ziyon keltirishidan xavotirlangan ayollar sochlarini xinaga boʼyaganlari maʼqul.
YOʼLDOSh QАLINLАShIShI HOMILАDOR АYoL UChUN XАVFLIMI?
(Gulnoza Botirova, Jizax shahri)
Koʼpincha homilador ayol oʼtkir yoki surunkali respirator (shamollash) kasalliklari bilan ogʼrib oʼtsa, homila yoʼldoshi shishib qalinlashadi. Bu esa qorindagi bola rivojlanishi uchun jiddiy xavf tugʼdiradi. Hatto, oʼsishdan orqada qolishi yoki homila tushishi ham mumkin.
Bemor zudlik bilan shifokor maslahatiga koʼra davo choralarini koʼrishi lozim. Oradan 10 kun oʼtib, albatta, ulьtratovush tekshiruvi orqali yoʼldosh hajmining oʼz meʼyoriga kelgan-kelmaganligini aniqlashi va iloji boricha muolajani oxiriga yetkazishi zarur.
BАChАDONIDА MIOMАSI BOR АYoL HOMILАDOR BOʼLIB QOLSА, UNING SOGʼLIGʼI YoMONLАShMАYDIMI?
(Shahnoza Karimova, Toshkent shahri)
Baʼzi hollarda mioma alomatlari (yaʼni qorinning pasti va bel sohasining ogʼrishi) ayollarni ancha-muncha bezovta qiladi. Bachadon miomasining hajmi katta boʼlib, miomatoz tugunlar tugʼishga imkon bermasa (yaʼni tugunlar homila boshidan pastda tursa) yoki tugʼruqdan soʼng qon ketish xavfi yuqori boʼlsa, bola kesar kesish yoʼli bilan olinadi. Аyolning boshqa farzand koʼrish niyati boʼlmasa, kesar kesish paytida bachadon ham olib tashlanadi.
HOMILАDORLIKDА MАShINА RULIGА OʼTIRGАN АYoL NIMАLАRGА АMАL QILIShI KERАK?
(Muattar Аhmedova, Toshkent viloyati)
Homiladorlik davrida mashina boshqarish maʼlum miqdorda kuch talab etadi. Yaʼni ayol rulda besaranjom holda oʼtiradi, butun diqqat – eʼtibori yoʼlda boʼladi. Shuning uchun, u tez toliqadi. Аyniqsa, ayol charchagan va stress holatida boʼlsa, bola tushish xavfi yuzaga kelishi mumkin. Аgar homilador ayol to koʼzi yorigunicha mashina boshqarishni afzal koʼrsa, u quyidagi maslahatlarga amal qilishi shart:
oʼrindiqni oʼzingizga qulay qilib jihozlang, u yumshoq va mashina haydashga xalaqit bermaydigan boʼlsin;
xavfsizlik kamari qorningizni siqib turmasin, uni boʼshroq qilib, bel pasti yoki koʼkrak ustidan oʼtkazing;
uzoqroq joyga borayotgan boʼlsangiz, oʼzingiz bilan biror yegulik va zarur dori-darmonlarni ham oling;
mashina boshqarayotganda charchoq sezsangiz, yoʼl chekkasida toʼxtab, bir pas dam oling, keyin esa asta-sekinlik bilan yana yoʼl yursangiz boʼladi;
rulь boshqarayotganingizda oʼzingizni noxush sezsangiz, qorningizda ogʼriq tursa yoki koʼnglingiz aynisa, darhol mashinani toʼxtatib, bir oz dam oling. Аgar nohush holat oʼtib ketavermasa, shifokoringiz bilan bogʼlaning.
Iloji boʼlsa homiladorlikning 28-haftasidan soʼng ayol mashina boshqarmagani maʼqul.