💊Avifer ampulasi — kamqonlikka qarshi vosita.
#Avifer
#Авифер
💊Dori shakli : Ineksiya uchun eritma ( ampula ).
💊Tarkibi : Temir ( 3) gidroksid
💊 Ta’sir qilishiga ko’ra :
Anemiyaga qarshi vosita.
💊QO’LLANILISHI 👇
— Organizmda temir yetishmovchiligida
— Temir yetishmovchilik va o’tkir postgemorragik anemiyasida.
— Kamqonlikda va gemoglobin pastligida qo’llaniladi.
— Me’da ichak traktining yallig’lanish kasalligida.
💊Qo’llash usuli va dozasi 👇
Preparat faqat vena ichiga yuboriladi. Yoki osma ichiga qo’shilib tomchilab venaga sekin yuboriladi.
Qancha qo’llash dozasini shifokor belgilaydi.
🚫Nojo’ya ta’siri 👇
— Bosh aylanishi , bosh og’rig’i
— Qon bosimi tushishi
— Bronxial asma xuruji ( bronxlar qisqarishi hisobiga ).
— Qorin sohasida og’riq
— Ko’ngil aynish va qusish
— Diareya
— Qonda qand miqdori oshishi
❌Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar 👇
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Temir yetishmovchiligi bilan aloqasi bo’lmagan anemiyada
— Bronxial astmaning o’tkir shaklida
— Homiladorlikning birinchi 3 oyligida mumkin emas.
— Qon bosimi past yuradigan kishilarda mumkin emas.
— Qandli diabetda ya’ni qonda qand miqdori juda baland bo’lganda mumkin emas. ( Agar qonda qand miqdori normadan biroz baland bo’lsa preparatni ehtiyotkorlik bilan shifokor nazorati ostida qo’llash kerak).