Agar qaynatilgan suv yordamida davolanish davrida engil og‘riqlar sezilsa, bu organizmni tozalash jarayonining me’yorida va to‘g‘ri kechayotganidan, tananing turli tiqilma va zararli moddalardan xalos bo‘layotganligidan darak beradi.
Qaynatilgan suvni har kuni ertalab nonushta qilishdan qirq daqiqa oldin shoshilmasdan, mayda-mayda ho‘plab ichish lozim. Suv harorati og‘iz kuymaydigan darajada bo‘lishi darkor.
Davolanish jarayoni olti oy davom etadi. Agarda umurtqangizda kasallik bo‘lsa, davolanish davrida og‘riq sezishingiz mumkin.